22:48
Badiiy adabiyotlarni ko‘proq o‘qish uchun 8 ta sabab
Tadqiqotlar miya uchun real voqealardan ko‘ra uylab topilgan voqealar foydaliroq ekanligini isbotladi.

Yetuk empatiya

Badiiy adabiyotlarni o‘qish empatiyani rivojlantiradi va boshqaning o‘rnida o‘zini tasavvur qilishga yordam beradi. Bu miyaning o‘qilgan va haqiqatda mavjud ma’lumotlarni bir xilda qabul qilishi bilan bog‘liq.

Miyaning tilni idrok qilishga javob beradigan chap qismi uni aslida men asar qahramoni nima qilayotgan bo‘lsa, shuni qilayapman deb o‘ylashga majbur qiladi. Bu favqulodda hodisa “amalga oshirilgan anglash” nomi bilan mashhur. O‘qir ekanmiz, biz xuddi asar qahramoni tanasiga joylashib olgandek bo‘lamiz.

Andozalardan ozodlik

Adabiyot jamiyat amal qiladigan qonunlarni namoyish qiladi, ozchilik vakillari va tushkunlikka tushganlarga bo‘lgan bardoshlilikni oshiradi.

3. Noaniqlikka ko‘nikish

Barqarorlik — afsona, lekin bu romanlarni qadrlovchilarni unchalik bezovta qilmaydi. Tadqiqotlar xayoliy voqealarni ko‘proq o‘qiydigan odamlar non-fikshen o‘qiydiganlarga qaraganda kognitiv aniqlikka kamroq ehtiyoj sezishini ko‘rsatdi.

4. Boy tasavvur va ijodiy fikrlash

“Muallif kitobning yarmini yozadi. Qolgan yarmini esa o‘quvchining o‘zi yozadi”, — degan edi ingliz adabiyotining asoschisi Jozef Konrad.

Haqiqatan ham yaxshi yozuvchi hammasini emas, balki o‘quvchini tasavvurdan foydalanishga majbur qilgan holda eng zarurlarini hikoya qiladi. Qahramonlarning tashqi ko‘rinishi va o‘tmishi, sharoit, hidlar, ovozning o‘ziga xos sifatlarini — ko‘pincha ekranlashtiruvchi rejissorlar singari tafsilotlarini biz o‘zimiz mustaqil ravishda o‘ylab topamiz.

5. Sog‘lom uyqu va mustahkam asablar

Uydirma voqelikka ketish hamma stressga chalinganlar uchun foydali, lekin kitob — eng samarali vosita. Tadqiqotlar bor-yo‘g‘i olti daqiqa o‘qish 68 foizga tomir urishini pasaytirishi va mushaklarni bo‘shashtirishini isbotladi.

O‘qish — uxlashdan oldingi ajoyib mashg‘ulot hisoblanadi. U chalg‘itadi, dam olishga va uyquga ketishga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 769 | Добавил: Админ | Теги: Badiiy adabiyotlarni ko‘proq o‘qish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar