08:57 Badandagi yog`ni kamaytirish uchun 7 tavsiya | |
Agar tanangizdan bir necha kilo ortiqcha vaznni kamaytirishni xohlasangiz, quyidagi tavsiyalarga rioya qiling. 1. Yog`siz sut ichishga odatlaning. Ushbu sutning mazasi unchalik yaxshi bo`lmasa ham, sog`lig`ingiz uchun foydalidir. Qahva bilan sut ichuvchilarga ham yog`siz sutdan foydalanish tavsiya etiladi. 2. Yog`i kam bo`lgan pishloq tanovul qiling. Pishloq ertalabki nonushta uchun munosibdir. Ba`zilar tushlik vaqtida ham pishloqdan foydalanishadi. Biroq ayrim pishloqlar tarkibida 20-30 foizgacha yog` mavjud. Bu kabi pishloqlardan parhez qilish lozim. 3. Foydali yog`larni iste`mol qiling. Masalan, zaytun yog`i. Zaytun yog`ini ertalab nahorda bir qoshiq yoki salatlar bilan iste`mol qilish tavsiya etiladi. 4. Mayonez va ketchuplardan kam foydalaning. Siz mazali bir salat tayyorlaysiz. Ammo unga mayonez yoki ketchup aralashtirsangiz, sog`lom salatingizdan nishon ham qolmaydi. Shu sababdan salatlarni tabiiy holatida iste`mol qilish foydadan xoli bo`lmaydi. 5. Sabzavot va ko`katlarni yog`da qovurishga odat qilgan bo`lsangiz, ushbu oshpazlik uslubini o`zgartiring. Taomlarni qaynatish yoki dimlama qilib pishirish maqsadga muvofiq. Qovurib tayyorlanadigan taomlardan kam foydalaning. 6. Shirinliklarni iste`mol qilishda ehtiyot bo`ling. Zero, turli tort, pechene va boshqa shirin kulchalar tarkibida qand va yog` mahsulotlari ko`p uchraydi. Bu mahsulotlar organizmda ko`proq yig`ilib qolsa, salomatlikka putur etkazadi. 7. Har haftada baliqdan tayyorlangan taomdan ikki marotaba iste`mol qiling. Baliq tarkibida mavjud foydali yog` boshqa go`shtlar yog`idan farq qiladi. “Salomatlik taqvimi”da e`lon qilingan materiallar asosida tayyorlandi Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |