20:14 Aziza Niyozmetova lisenziyasi tugatilgani bilan bog`liq vaziyatga oydinlik kiritdi | |
“O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan xonandalar Tohir Sodiqov, Sharof Muqimov, Aziza Niyozmetova va Sherali Bekmurodovlarning lisenziyasini ma`lum muddatga to`xtatgani haqida xabar bergan edik. Aziza Niyozmetova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida lisenziyasi tugatilishi bilan bog`liq vaziyatga oydinlik kiritdi. Xonandaning ma`lum qilishicha, unga berilgan lisenziya majburiy sug`urta badalini to`lamagani uchun bekor qilingan. Aziza Niyozmetova lisenziyasi tugatilgani haqidagi muxlislarining savollariga javob berar ekan, “Hammasi yaxshi bo`ladi, lisenziyam vaqtinchalik to`xtatildi”, deb yozdi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |