12:03
AYYOLLAR UCHUN 5TA YOMON DUGONA
Ayollar o`rtasida do`stlik bo`lmasligi haqidagi afsonaga ishonmang, ayollar dugonasiz yashay olmaydi. Axir ayol yarim kechasi uyqusi kelmaganda kimga qo`ng`iroq qilib, erining, bolalarining dardu-hasratini dasturxon qiladi? Mabodo birorta libos sotib olsa, uni kim bilan muhokama qiladi? Albatta, dugonalari bilan! Ammo hamma ham samimiy, haqiqiy dugona bo`lavermaydi, ularning chinakam maqsadini aniqlash mushkul ish emas, deydi “Darakchi.uz “, “Sosmo.ru” nashriga tayanib. Hasadgo`y Bunday dugona hamma tomonlama mukammal inson bo`lishi mumkin, ammo uning bitta aybi bo`ladi – hasadgo`ylik! U sizga yaqin dugona bo`lib ko`ringani bilan ich-ichidan hasad qilishi, ammo buni sizga bildirmasligi mumkin. Unda sizda bor narsalarga erishish istagi judayam kuchli bo`ladi, lekin buni sezdirmaydi, axir u sizning dugonangiz. Ammo vaqti-soati kelib, u bunga erishadi. Keyinchalik esa bundan afsuslanadi. Bu voqeaga kim aybdor deb o`ylaysiz? Albatta, o`zingiz! Erishgan yutuqlaringiz haqida hadeb maqtanmaslik kerak edi. Bunday dugonadan tezda voz kechish lozim. Xudbin Yarim tunda qo`ng`iroq qilishingizga qaramay, yugurib etib keladigan, qahvaxonaga yolg`iz borishni istamaganingizda o`zi xohlamasa-da, sizga sherik bo`ladigan dugona avvalo sizni emas, o`zini o`ylaydi. Uni sizni hayotingiz qiziqtirmaydi, balki uning muammolarini tinglaydigan odam kerak. Siz unga “Dugonajon, erim bilan urushib qoldim”, desangiz, qoshlarini chimirgancha, sizni tinglamay, o`zining dardini doston qiladi. Qutqaruvchi Hech qanday muammo bezovta qilmayotgan bo`lsa-da, dugonangiz bilan ta`til haqida gaplashishni istasangiz, unda siz uchun tayyor yo`riqnoma mavjud bo`ladi. “Bunday ko`rinishda plyajda yurishing uyat, zudlik bilan parhez qil!” deydi u io bilan. U sizga aeroportga qo`shnisi bepul olib borib qo`yishi mumkinligini aytadi, sizga esa xizmatning “ji” yoqib tushadi. Dugonangiz sizga g`amxo`rlik qilgani uchun o`zini mehribon ona deb hisoblaydi. Agar uning aytganini qilmasangiz, jazolashga harakat qiladi. Albatta, bu yoqimli holat emas. Badbaxt qurbon Bu ayolni hamma xafa qilaveradi, agar hech kim e`tibor bermay qo`ysa, o`zini bedavo kasallikka chalingan insonday tutadi. Axir kimdir uning ko`z yoshlarini artib qo`yishi, uning tarafini olishi lozim deb hisoblaydi! Albatta, bu vazifani siz bajarasiz. Do`stona yordam berishning yomon tomoni yo`q, ammo qahramonlik ko`rsatmay, xotirjam bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurish yaxshiroqmidi? O`z so`zini o`tkazadigan O Bunday dugona biror yangilikni ko`rib qolsa, darrov atrofdagilar noto`g`ri yashayapti, men ularga o`rgatishim lozim degan xulosaga keladi. Uning qalbida inqilob qilish istagi alangalanadi. Agar unga ko`chadan topib olgan kasal mushukni davolatishi uchun pul bermasangiz, sizni shafqatsizlikda ayblaydi, bunday dashnomlarni eshitmaslik uchun muntazam ravishda pul berib turadigan bo`lasiz. Agar unga o`xshab vegetarianlikni tanlamasangiz, go`sht eganingiz uchun yirtqichlikda ayblaydi. Faqat uning aytganini bajarib yashash, bir kun joningizga tegadi, yaxshisi do`stlik aloqalarini ertaroq uzganingiz ma`qul.
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 1098 | Добавил: Admin | Теги: AYYOLLAR UCHUN 5TA YOMON DUGONA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar