Bo`y qizlar yanada go`zal bo`lish uchun pardoz qilsa, 35-40 yoshdagi ayollarning upa-elik surtishdan maqsadi yoshroq ko`rinishdir. Lekin bunda natija aksincha bo`lmasligi uchun pardoz qoidalariga amal qilish lozimligini unutmaslik kerak.

1. Kremni to`g`ri tanlang!

35 yoshdan oshgach, husnbuzarlarni berkitmaysiz, ammo ajinlarni ko`zdan panalatish kerak bo`ladi. Shuning uchun quyuqroq VV va SS-kremlarga e`tibor bering. Ular ajinlarni berkitish bilan birga, terini namlantirib, oziqlantiradi.

2. Upadan voz keching!

Yosh o`tgach, teri yog`lanishi kamayadi. Agar teringiz yog`li bo`lmasa, upadan voz kechganingiz ma`qul.

3. Qancha kam bo`lsa, shuncha yaxshi

Yuzingizda kosmetik vositalar qancha kam bo`lsa, shuncha yoshroq ko`rinasiz. Masalan, lab bo`yog`idan foydalansangiz, ko`zlarni kamroq bo`yang. Yoki aksincha.

4. Qoshlar

Qoshlar alohida e`tiborni talab qiladi. Ammo bu «tatuaj» yoki «rastu ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Eng qimmat va sifatli parvarishlash vositalariyu kosmetologik muolajalar ham ish bermaydi, agarki siz quyidagi odatlarni bajarishda davom etsangiz!

Qanday uxlaysiz?

Qorin bilan yotish yoki yonboshlaganda yuzni yostiqqa tegib turishi mimik ajinlarni bir yayratadiki, asti so`ramang. Shu alfozda orom olishni kanda qilmasangiz, 35 yoshdan so`ng ajinlar chuqurlashadi.

Qahva ichayapsizmi? Shu issiqda-ya?

Dunyoga mashhur model Sindi Kroufordning chiroyli qomat siri, kun davomida ikki-ikki yarim litrgacha suyuqlik ichish! Ammo bu qahva yo gazlangan ichimlik degani emas! Bordi-yu kofein miqdori yuqori bo`lgan ichimliklardan voz kecha olmasangiz, keksayish alomatlari uzoq kuttirmasligini bilib qo`ying. Eng ma`quli ko`k choy!

Yana pilingmi?

35 yoshdan so`ng piling vositalari juda mayda tarkibli bo`lishi kerak, negaki bu paytda yuz terisining jarohatlanish xavfi yuqori bo`ladi. Tez-tez skrab, gommaj, ko`piruvchi gellarda ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 31.05.2018 | Комментарии (0)


Yuz terisi ta'sirchan bo'lib qolganda ushbu qoidalarga qat'iy amal qilishi kerak:
* uxlashdan avval yuzni, albatta, makiyajdan butkul tozalang;
* yuz uchun foydalaniladigan kosmetik vositalar sifatli va allergiya bermaydigan, allergiyaga qarshi test qilingan, spirt qo'llanilmagan bo'lishi kerak;
* ta'sirchan yuz terisini vodoprovod suvi bilan yuvmaslik kerak. Maxsus yumshatilgan, turli xil damlamalar, hech bo'lmaganda qaynatib, sovitilgan suvdan foydalanish lozim. Suvni uy sharoitida ham yumshatish mumkin. Bunda 1 litr suvga 1 choy qoshiq ichimlik sodasi solinadi.
* Yuz kremlari tarkibida sitrus mevalar, efir va hidli yog' komponentlari bo'lmasligi kerak. Chunki bu vositalar yuzning allergik xususiyatini kuchaytirishi mumkin.
* Ta'sirchan teri uchun skrablar, plyonka niqoblar mumkin emas. Shuningdek, kalendula, rozmarin, sandal yog'laridan tayyorlangan sprey, tonik va kremlar ham tavsiya etilmaydi.
* Tungi krem tarkibida esa tabiiy yog'lar mavj ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 17.05.2018 | Комментарии (0)


Teri sog'lom ko'rinishga ega bo'lishi uchun uni, avvalo, tozalash lozimligini aslo unutmang. Shunda parvarishingizning samaradorligi va foydaliligi oshadi. Xuddi shuni hisobga olib, dastlab terini tozalovchi vositalar reseptlarini keltirib o'tamiz. Aminmizki, bu vositalar yordamida siz yoshligingizni uzaytirishga muvaffaq bo'lasiz.
ASALLI SUV
Asalli suv tayyorlash uchun 2 stakan iliq suvga 1 osh qoshiq asal aralashtirib, eritma hosil qiling. Keyin ana shu asalli eritma bilan kechasi uxlashdan oldin yuzingizni yuving va 5-7 daqiqadan so'ng iliq suvda sovunsiz chayib tashlang. Asalli suv terini ajoyib oziqlantiradi va tozalaydi, uni silliq va tekis qiladi.
SPIRTLI NIQOB
2 osh qoshiqdan spirt va suvni aralashtirib, past olovda yengil qiziting va 100 g asal qo'shib, bir xil massaga kelguncha aralashtiring. Qarabsizki, spirtli malham tayyor. Niqobni yuzingizga surtib, 10-12 daqiqa ushlang. U ana shu fursat davomida yuz terisini tozalaydi, dezinfeksiyalaydi, shu b ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 17.05.2018 | Комментарии (0)


Dinimizda ham, jamiyatimizda ham ayolga hurmat-ehtirom ko`rsatilishi alohida ta`kidlanadi. Biroq afsuski, ba`zi oilalarda xotin kishini kaltaklab, unga jismoniy ozor etkazish holatlari ham kuzatiladi. Ruhshunos Barno ILІOMOVAbilan mavzuni tahlil etib, zulmkor erlarga qanday munosabat qilish kerak degan savolga javob izlab ko`ramiz.

Qanday erlar ayoliga qo`l ko`tarishadi?

Albatta, sababsiz oqibat bo`lmaydi. Qanday odamlar zaifalarga qo`l ko`taradi:

Oilada jismoniy kuch ishlatish orqali siyosat olib borishga irsiy moyilligi bor odamlar. Ularning otasi onasiga qo`l ko`targan, ota-onasi bolalarini kaltak bilan tarbiyalashgan yoxud aka-ukalari, teng-to`shlari bilan yoqa bo`g`ishib ulg`ayishgan bo`lishlari mumkin.
Ojiz, ya`ni ma`nan, ruhan to`laqonli shaxs bo`lib shakllanmagan erkaklar.
Mas`uliyatdan qochadigalar. Ular biror muammo chiqqanida uni hal qilishni emas, muammo haqida so`z boshlagan kishining og`zini kuch bilan yopishni ma`qul k ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 12.05.2018 | Комментарии (0)


Bosonojka va boshqa turdagi uchi ochiq poyabzallar mavsumi yoz kelmasidanoq boshlanib ulgurdi. Xo`sh, oyoq kaftiyu tirnoqlar issiq mavsumga tayyormi? O`ylanib qoldingizmi? Hechqisi yo`q, bugun sizga uy sharoitida pedikyur qilish usullarini o`rgatamiz.

1-qadam: «Yumshatish»

Tog`orani teri kuymaydigan darajadagi issiq suv bilan to`ldiring. Suvga 3 choy qoshiq iste`mol sodasi, dengiz tuzi va bir necha tomchi efir moyidan soling. Jarayon sizga zavq bag`ishlashi uchun suvga maxsus ko`pik yoki ozgina suyuq sovun soling.Ko`changizdagi yoki hovlingizda barq etib ochilgan bir dona atirgulni uzib olib, gul barglarini ham suvga solsangiz bormi, go`zallik salonidagi muolaja ham bir chetda qolib ketadi. O`rindiqqa yaxshilab joylashib olishdan avval oldingizga qaynoq suv solingan idishni qo`ying, suv sovib borayotganini sezishingiz bilan qaynoq suvdan tog`orachaga quyib turasiz. 20-30 daqiqa oyoq terisi va tirnoqlari yumshashi uchun kifoya. Homilador ayollarda kuzatiluvchi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 12.05.2018 | Комментарии (0)


— Sakkiz yil avval o`g`limni o`zi sevgan qizga uylantirdim. Kelin asli hamshira. Lekin bir haftada bir marta ishga borib, qolgan paytda bozorda tilla taqinchoqlar sotish bilan shug`ullanadi. O`ldim-kuydimiga qaramay yoshlar uch oy yashab ajralib ketishdi. O`ylab qarasam, bunga tayinli sabab ham bo`lmagan ekan. Avvalo o`zlari chiqishib ketisholmadi, qolaversa, kelinning qo`lidan telefon tushmas, oilaning ishlariga qudam aralashadigan bo`lib qolgandi. Yosh kelin saharlab ko`chaga chiqib ketib, shomda kirib kelardi. Bundoq qaynonaning, erning xizmatini qilish xayoliga ham kelmasdi. Xullas, u bo`ldi, bu bo`ldi nabiraginam bir yoshga to`lganida qonunan ajralishdi. Mana, olti yildirki, o`g`lim bo`ydoq. Ammo kelinim bilan onda-sonda ko`rishib turishadi. Uyga olib kelib yasha yoki boshqa uy qilib oilangizni tiklanglar, bunaqa qilib yurishingiz yaxshi emas, desam bolam ko`nmayapti. Turib-turib «Xotinim uy zindon, ko`cha xandon» ayol chiqdi, boshqasiga uylanaman deydi-yu, tuzukkina qizlarni ko`r ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 02.05.2018 | Комментарии (0)


Birinchi ajinlar yoki terining qariyotganiga ishora qiluvchi boshqa alomatlar paydo bo`lishi bilan ayollar sarosimaga tushib qoladilar. Ba`zilar turli krem, ajinga qarshi vositalar, hattoki, jarrohlik usullariga murojaat etsalar, boshqalar bu haqiqatni xotirjam qabul qiladilar. Yoshlikni uzaytirib, go`zallikni saqlab qolish uchun nimalar qilish kerak? Kundalik odatlarimizni birma-bir ko`rib chiqib, turmush tarzimizga biroz o`zgartirishlar kiritishimiz maqsadga muvofiq bo`ladi.

Haddan tashqari ko`p skrablar ishlatish

Skrablash, ya`ni terining o`lik parchalaridan xalos bo`lish – bu yaxshi, albatta. Biroq bunday muolajani haftasiga ikki martadan ortiq qilish mumkin emas. Aks holda u epidermis qatlamidagi hujayralarga zarar etkazib, terini shamollashga moil qilib qo`yadi va shu yo`sinda teri qurishini keltirib chiqaradi.

Quyosh nurlaridan saqlovchi vositalarga bee`tibor bo`lish

Quyosh nurlaridan saqlovchi kremlarni nafaqat quyoshda toblan ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 02.05.2018 | Комментарии (0)


1. Dush qabul qilgach, 10 soniyadan so`ng yuzlaringizga krem surting. Chunki yuzdagi teshikchalar bu paytda ochilgan bo`lib, krem teringizga tez singadi.

2. Yumshoq sochiqni issiq suvda namlab oling-da, yuzingiz ustiga yopib yoting. So`ngra yuzingizni massaj qiling. Bu qon aylanishini yaxshilab, teshikchalarni toraytiradi va yuz terisini taranglashtiradi.

3. 1 osh qoshiq dengiz tuzini 1 stakan issiq suvga solib, eriting. Yuzingizni yuvgach, qo`lbola tonik bilan tozalang. Natijada, qora nuqtalar bilan xayrlashasiz, yuz teringiz sog`lom va tiniq ko`rinishda bo`ladi.

4. Dag`allashgan, qoraygan yoki dog` paydo bo`layotgan teri qismini limon sharbati bilan artishga odatlaning. Albatta, teringiz juda ta`sirchan va allergiyaga moyil bo`lmasa. Koreyalik xonimlar ta`biricha, limon sharbati piling vazifasini o`tab, terisi elastikligini ta`minlar ekan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 26.04.2018 | Комментарии (0)


Qishdan so'ng sochlarni tartibga keltirish juda muhim. Sababi, sovuqda shapka kiyib yurilgani bois sochlar xira torib qoladi. Shu bois darrov ishga kirishmasak bo'lmaydi. Bunda bizga uy sharoitida tayyorlangan niqoblar yordam beradi.
Uy sharoitida tayyorlangan niqoblar eng samarali vositalar sanaladi. Birinchidan, bu niqoblar tabiiy, ortiqcha konservant va kimyoviy vositalardan xoli. Ikkinchidan, ularni tayyorlash uchun mahsulotlarni oson topish mumkin.
Niqobni sochlaringizga ildizidan tortib uchigacha surtasiz va boshingizni yengil uqalaysiz. Boshga yelim xalta kiyib, issiq qilib o'raysiz. Niqobni 30-60 daqiqagacha ushlab turasiz. Keyin esa yaxshilab yuvasiz.
Niqobni haftada 2-3 marta takrorlasangiz, tezroq natijaga erishasiz.
Quruq sochlar uchun:
Kanakunjut, chakamug' va zaytun moylaridan 1 osh qoshiqdan olib, aralashtirasiz. Agar sochlaringiz uchun bo'lsa, 2 osh qoshiqdan olganingiz ma'qul.
Yog'li sochlar uchun:
Xuddi yuqoridek mahsul ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 13.03.2018 | Комментарии (0)


Ko'p hollarda qo'llarimiz va tirnoqlarimiz parvarishiga e'tibor bermaymiz. Bu ishimiz noto'g'ri.
Tez-tez va vaqti-vaqti bilan tirnoqlaringizni limon suviga botirilgan paxta bilan artib turishga harakat qiling. Bunda tirnoqlar tozalanib, yaltirab turadi. Bo'lar-bo'lmasga artaverish esa tirnoqni quritib qo'yishini unutmang. Nozik va tez sinuvchi tirnoqlarni asl holiga keltirish uchun iliq o'simlik moyiga bir necha daqiqa botirib turish kerak bo'ladi. So'ng tirnog'ingizga bir necha tomchi limon sharbati tomizib ko'ring. Uni darhol yuvib tashlamang, shunchaki artib qo'yishning o'zi kifoya. Muolajani hafatasiga ikki-uch marta takrorlash yaxshi samara beradi. Kir yuvgandan so'ng ishqordan zararlanib qolgan qo'l terisini ozroq olma sirkasiga botirilgan paxta bilan artsangiz, tezda o'z holiga keladi.
«Hordiq plyus» gazetasidan
Manba: Hordiq.uz

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 06.03.2018 | Комментарии (0)


Bugun zamonaviy xonimlar chiroyli va raso qaddi-qomatga ega bo`lish uchun nimalar qilishmaydi, deysiz. Fitness, sheyping, yoga, aerobika mashg`ulotlariga o`zlarini urishadi, amerikacha, yaponcha, fransuzcha va yana allambalo parhezlar haqidagi qo`llanmalar, semirtirmaydigan taomlar reseptlarini esa har ikki ayoldan birining telefonida uchratish mumkin. Chiroyli qomat uchun har qanday jismoniy zo`riqishga, kezi kelganda faqat sabzavot chaynashga ham tayyor ekanmiz bor gap. Ammo qomatni asrash yo`lida o`zimizni har qancha qiynashga tayyor tursak-da, yuz parvarishini ko`pincha e`tiborsiz qoldiramiz. Yo`q, qimmatbaho kremlar, pardoz vositalari, turli organik niqoblar, kosmetologik muolajalarni kanda qilmaymiz, albatta. Ammo yuz terisi tarangligini uzoqroq muddat saqlab turish uchun bularning o`zi kamlik qiladi. Qolaversa, yuqorida eslangan zormandalarning narxi ham ba`zan chindan «chaqib ketadi». Quyida botoks ukollari va qimmatbaho muolajalarsiz yuz tarangligini saqlashning juda qulay va ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 05.03.2018 | Комментарии (0)


Assalomu alaykum! Kraskaga sochni bo'yash mumkinmi?
«Zikr ahlidan so'rang» hay'ati:
Va alaykum assalom!
Bu yerda ikki narsa bor. Birinchisi, kraska bilan bo'yash. Bu narsa kraskaga bo'yalgandan keyin sochning ostiga suv o'tkazish yoki o'tkazmasligiga bog'liq. Biz mutaxassislardan so'rab ko'rsak, ba'zilari suv o'tkazadi deyishdi, ba'zilar o'tkazmaydi deyishdi. Ixtiyor o'zingizda. Ikkinchisi qora ranga bo'yash. Bu joiz emas. Vallohu a'lam!
Manba: Hordiq.uz

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 05.03.2018 | Комментарии (0)


Qish kunlarida yuz terisi quruqlashishi ko`pchilikni tashvishga qo`yadi. Aslida esa to`g`ri parvarishlansa, quruq yuz terisi muammo emas! Quyida uy sharoitida foydalanish mumkin bo`lgan usullar bilan tanishtiramiz.

Krem tanlaymiz!

Sovuq kunlarda terining gidrolepid qatlami oziqlantirilishi kerak. Negaki, quruqlashishga moyil yuz terisida yog` bezlari sustroq ishlaydi. Bunda sizga tarkibida vazelin, lipid va o`simlik moyi bor kremlar ko`mak beradi. Krem uyquga yotishdan oldin, yuzga surtilib, teri engil uqalanadi.

Kokos moyi

Yuz terisini yumshatishda kokos moyiga teng keladigani yo`q. Yog`ni barmoq uchida teriga tekis surtiladi va ertalabgacha qoldiriladi.

Quruq teri parvarishida zaytun yog`i ham ayni muddao. Ushbu moy nafaqat oziqlantirish, balki ajinlarning oldini olish xususiyatiga ham ega.

Moychechakli kompress

Pardoz tozalangach, ikki qavat dokani moychechakli damlamada ho`llab, yuz terisiga ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 16.02.2018 | Комментарии (0)


Turmush o`rtog`ingizning fe`l-atvorini nafaqat bilishingiz, balki tushunishingiz ham kerak. Shunda oilaviy munosabatlar iliq va mustahkam bo`ladi.

Hamal: e`tiborni yoqtiradi!

Oilaviy hayotning ilk yillaridanoq bu burj vakillari har bir masalaga mas`uliyat bilan yondashishadi. Ular uchun hal etilmaydigan muammoning o`zi yo`q. «Hamal» erkak o`z muhabbatini oshkor qilavermaydi. Ammo unga e`tibor ko`rsatishingiz muhim.

Begingiz sarishtalik tarafdori ekanini bilasiz. U uyga kirib kelganida xonadoningiz chinni-chiroqdek turishi lozim. Shirin taomdan ham afzali esa sizning aqlu zakovatingiz. Suhbatga ochiqlik, mehmondo`stlik yana bir yutug`ingizdir. Yana vaqti-vaqti bilan orzu-umidlaringizni aytib, uni to`lqinlantirib turishingiz kerak.

Savr: tartib qat`iy!

Agar siz tejamkor, uddaburon, pazanda, ishonchni suiste`mol qilmaydigan va har qanday vaziyatda juftini tushuna oladigan ayol sanalsangiz, demak, «Savr» janobi oliylari orzus ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Admin | Дата: 12.02.2018 | Комментарии (0)


Homiladorlik paytida vaznni muvofiq muvozanatda saqlash uchun tananing og‘irlik ko‘rsatkichini bilish zarur. JAMA jurnalida parhezshunoslar va ginekologlar ishtirokida homiladorlik paytida vazn yig‘ilishi mavzusida tayyorlangan ilmiy maqola chop etilgan.

Shifokorlarning kuzatishicha, ortiqcha kilogrammlar ko‘pincha birinchi homiladorlik vaqtida “yig‘iladi”. Bu hatto tana og‘irligi ko‘rsatkichi (TOK) boshida normaga (18,5 dan 24,9 gacha) muvofiq bo‘lgan bo‘lg‘usi onalarga ham xos.

O‘z ishlarini The Conversation jurnalida chop etgan Buyuk Britaniyadagi Nyukasl va Sautxempton universitetidagi ovqatlanish bo‘yicha ekspertlar mavzuni davom ettirdi.

Tadqiqotchilar vazn yig‘ish bo‘yicha eslatmani taklif qildi: agar tana og‘irligi ko‘rsatkichi TOK homiladorlikkacha normadan pastroq bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni 18,5 dan pastroq bo‘lsa – 12,5 dan 18 kilogrammgacha fazn yig‘ish mumkin; agar TOK 18,5 dan 24,9 gacha (normada) bo‘lsa, 11,5 dan 16 kilogrammgacha yig‘is ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 08.02.2018 | Комментарии (0)


Tahririyatimizga qo`ng`iroq qilgan ayollar, ko`pincha, tajribali fitnes murabbiydan o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish niyatida ekanliklarini aytishadi. Bugun ana shunday savollarni jamlab, mutaxassisga yo`lladik va kerakli javoblarni oldik.

Barno Karimova, sog`lomlashtirish-jismoniy tarbiya murabbiyi.

«HARAKAT QILYaPMAN-U, OZMAYoTGANDEKMAN...»

— Fitnes mashg`ulotlariga qatnay boshlaganimga endi ikki hafta bo`ldi. Natijasini qachon sezaman? Hozircha hech bir o`zgarish yo`qdek...

Matluba Jo`raeva, Andijon viloyati.

— Mashg`ulotlarga qatnashga ahd qilgan ekansiz, avvalo, bundan maqsad nima ekanligini o`zingiz uchun aniqlab oling: qomatingizdagi kamchiliklarni tuzatmoqchimisiz, mushak hajmini o`stirmoqchimisiz, jismonan baquvvat bo`lmoqchimisiz yoki shunchaki sog`lom bo`lish uchun qatnayapsizmi? Tezroq ozib ketsam edi, deyish o`rniga qancha kilogrammdan xalos bo`lish, qomatingizdagi muammoli joylar ustida ishlash h ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 07.02.2018 | Комментарии (0)


Amerikalik shifokorlar har bir inson har kuni albatta iste`mol qilishi darkor bo`lgan uchta mahsulot nomini aytishdi.

Olma
Har kuni iste`mol qilish zarur bo`lgan eng muhim mahsulotlardan birinchisi olmadir. U antioksidant xususiyatlarga ega tabiiy kimyoviy moddalarga juda ko`p. Bundan tashqari, u saratonning ba`zi bir turlari va yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda samarali.

Sabzi
Tibbiyot xodimlari so`zlariga ko`ra, sabzi moddalar almashinuvi tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatib, ichak faoliyatini faollashtiradi.

Grek yong`oqlari
Bu mahsulot qon bosimi va xolesterin miqdorini barqarorlashtiradi.

Parhezshunoslarning fikricha, yuqoridagi uch mahsulot organizm hujayralarini tabiiy tiklovchilar bo`lib, shuningdek ular ochlik hissini yo`qotadi, organizmni kerakli vitaminlar va antioksidantlar bilan ta`minlaydi. Bundan tashqari, sabzi va yong`oqlarni yilning istalgan davrida bemalol iste`mol qilish mumkin.
... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 07.02.2018 | Комментарии (0)


Ko‘pchilik ovqatning qiyin paytlarda tasalli bera olishiga ishonadi. Bolaligimizda ham yiqilib tizzamiz yara bo‘lganida, biz ko‘z yoshimizning “dorisi” sifatida pechenye olganmiz.

Kimlar uchundir bu usul katta bo‘lganda ham aktualligicha qolaveradi, lekin endi oqibatlarsiz kechmaydi: bir quti muzqaymoqni yeb tugatgan bo‘lsangiz ham, izdan chiqarib yuboruvchi muammolar hech qayerga yo‘qolmaydi.

Ko‘p yeyishga bizni 3 ta asosiy hissiyotlar majbur qiladi: ma’yuslik, vahima va g‘azablanish.

Ma’yuslikdan ko‘p yeyish

Bunday tasallidan keyin vijdon azobi boshlanadi. Yana ma’yuslikning yangi quyilishi boshlanadi, yana vijdon azobi qaytib keladi va shu tarzda takrorlanaveradi… Buni qanday to‘xtatish mumkin, yaxshisi boshlamagan ma’quldir?

Gapirib bering. Agar siz g‘amgin bo‘lsangiz, bunga biron-bir qayg‘uli voqea sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qayg‘urishning o‘rniga, yaqinlaringizdan biriga qo‘ng‘iroq qiling va bor gapni aytib beri ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 07.02.2018 | Комментарии (0)


Olimlar ona bo‘lishni rejalashtirgan ayollarda yod taqchilligi bilan bog‘liq yangi muammoni aniqladi.

Amerikalik tadqiqotchilar shunday xulosaga keldiki – homilador bo‘lishni rejalashtirgan ayol organizmida yod yetishmasligi bola tug‘ish rejasining amalga oshmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Olimlar to‘rt yil davomida farzand ko‘rishga uringan juftliklarning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. O‘rganish davomida ayollarning ko‘pchiligida yod miqdori kam ekanligi ma’lum bo‘ldi. 55% ayollarda u yetarli ekanligi, 21% ida mo‘tadil tanqislik, 20% ida – o‘rtacha, 1,7% ayollarda esa og‘ir tanqislik holati aniqlandi.

Shifokorlar ota-ona bo‘lishni istovchi juftliklarni organizmdagi kasalliklarni aniqlash masalasiga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Shu jumladan, organizmda yod bilan bog‘liq muammolarni bartaraf qilish uchun endokrinolog qabuliga borishni tavsiya qiladi.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat |  Добавил: Админ | Дата: 07.02.2018 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 7 8 »