22:58 AYoLLAR OShXONADA SPORTChILARNING OLIMPIYa O`YINLARIDA QOZONGAN REKORDIDAN MING KARRA KO`PROQ NATIJAGA ERIShIShAR EKAN | |
Ayollarning oshxona yumushini bajarishi xuddi davlat ishiga otlangandek gap ekani hech kimning xayoliga kelmaydi. Gohida katta ishtiyoq, ba`zida esa istamaygina yumushni bajarishga kirishadi. Shunga qaramay, ayollar oshxonada sportchilarning Olimpiya o`yinlarida qozongan rekordidan ming karra ko`proq natijaga erishishlarini tadqiqotchilar tan olgan... Germaniyalik ruhshunoslar qiziq statistikani ishlab chiqishdi. Ayollar bir yilda... ...ikki farzand va turmush o`rtog`iga taom tayyorlash jarayonida 18000 sanchqi, 13000 likopcha, 8000 piyola, 3000 kastryul, skovorodka va boshqa oshxona anjomlarini yuvar ekan. Bularning umumiy og`irligi bir yilda 5 tonnani tashkil qiladi. ...ovqat tayyorlash jarayonida oshxonaning ichida 2000 km. Yo`l bosadi. ...kir yuvish va liboslarga dazmol bosish uchun 200 soat vaqt sarflaydi. ...pol artishga 70 soat ajratadi. ...kiyim taxlash uchun 250 soat vaqtini shkaf oldida o`tkazadi. Bilasizmi?.. 1. Kir yuvish traktorchilarning 2. Kiyimlarni dazmollash g`isht teruvchining 3. Deraza va pol artish yuk mashina haydovchilarining 4. Farzandlarga bir soat vaqt ajratishning o`zi esa sportchining bir match regbi o`ynashi bilan teng ekan. Xurmatli erkaklar! Yuqorida keltirilgan raqamlarga e`tibor berishingizni so`rardik. Sizning nazaringizda arzimas ishdek tuyulgan uy yumushlari aslida yaxshigina kuch va vaqt talab etishiga amin bo`lsangiz ajabmas! Kamiga rafiqangiz o`z sohasi bo`yicha ishlasa, zimmasiga ikki karra ko`proq og`irlik tushadi. Shveysariyalik tadqiqotchilarning tahlillariga ko`ra ayollar ham uy, ham ishiga 1,5 milliard soat sarflar ekan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |