22:55 Ayol bo‘lish nima degani? Ayollikning vazifalari haqida | |
Eng qiyin vazifa – ayol bo‘lishdir. Chunki ayollar erkaklarga nisbatan 9 karra ta’sirchan bo‘lishadi. Uning aqli 9 karra sezgirdir, shu bilan birga 9 karra foydalidir. Uning tuyg‘ulari 9 karra nozikdir: zarracha sabab bilan u yig‘lashi yoki qo‘rqishi mumkin. Ayol kishi hayot haqida chuqurroq tashvish tortadi, shu sababli u erkak kishining himoyasida bo‘lishi kerak. Quvonch, og‘riq, g‘am, onalikni kuchli his etadi, shu sababli aynan u o‘z tabiatiga ko‘ra ona sifatida moyillik tug‘diradi. Misol uchun farzandi uchun hayotini fido qilishga tayyor bo‘ladi. Lekin u 9 karra chuqur bo‘lgani uchun erkaklarga nisbatan uni tuzatish 9 karra qiyindir. Agar erkak kishini tuzatish uchun armiyaga yuborilsa, ayol uchun keskin choralar jarohat keltiradi. Ayol kishini faqat sevgi ulug‘lab, yuksaklikka ko‘taradi. Uning sharofati bilan ayol buyuk qahramonliklarga qodirdir. Agar uni hech kim sevmasa, hech kimga kerak bo‘lmagan u eng baxtsiz odam bo‘lib qoladi. Go‘zalligini yo‘qotib, qattiq qayg‘uga beriladi, oxiri xastalanib qoladi. A. G. Xakimov | |
|
Всего комментариев: 0 | |