16:08 AVTOMOBILI BORLARGA BOLA PULI BERILMAYDIMI? | |
"Onamning hovlisida oilam bilan yashaymiz. Turmush o`rtog`im Rossiyada ishlab topgan puliga “Matiz” avtomobilini sotib olgan. Shu bilan kira qiladi. Topgan puliga “qora” qozonimiz qaynaydi. Men ishlamayman. “Mahalla” fuqarolar yig`inidan farzandim uchun 2 yoshgacha beriladigan bola puli berishlarini so`rasam, engil avtomobili borlarga bola puli berilmaydi, deyishyapti. Haqiqatdan shundaymi? Axir uy-joyimiz yo`q, uch nafar farzandimiz bor-ku. Ra`no Jo`raboeva, Farg`ona viloyati, Qo`qon shahri. Aybek GANIBOEV, O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi huquqshunosi: — O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan "Kam ta`minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida”gi Nizomning 8-bandida "14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa va kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordam har bir oila a`zosiga o`rtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish xaqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga tayinlanishi", 22-bandida "O`rtacha oylik jami daromad miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila a`zolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritiladi: mehnatga haq to`lash shaklidagi daromadlar; mulkiy daromadlar; yakka tartibdagi tadbirkorning daromadi; chet elda ishlaydigan yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a`zolaridan pul tushumlari summasi; pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar (ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda oila olayotgan nafaqa yoki moddiy yordamdan tashqari); shaxsiy yordamchi (dehqon) xo`jaligini yuritishdan olingan daromad; O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa daromadlar" belgilangan. Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo`lmagan oilalarga bola ikki yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa fuqarolar yig`ini tomonidan vakolat berilgan Komissiyaning qaroriga asosan tayinlanadi va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan to`lanadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |