01:14 Avstraliyada suv toshqinlari kuzatilmoqda | |
Avstraliyaning shimoli-sharqiy hududlarida suv toshqinlari kuzatilmoqda, deya ma`lum qildi Report nashri. Toshqin tufayli Kvinslend shtatida yuzlab uylardan odamlar evakuasiya qilingan. Bir necha kun ichida suv sathi keskin darajada ko`tarilib, rekord darajaga etdi. Xabarlarga ko`ra, ayni vaqtda 20 mingdan ortiq uy xavf ostida qolmoqda. Agar suv shu tariqa ko`tarilishda davom etsa, uylar butunlay vayron bo`lishi mumkin. Toshqin kuzatilayotgan joylar esa federal hukumat tomonidan falokat hududi sifatida e`lon qilingan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |