01:05
Astrofizik: noma’lum sayyora Yerga yaqinlashib kelmoqda
Chililik astronom Roberto Antezana o‘zining Facebook’dagi sahifasida Yerga yaqinlashib kelayotgan noma’lum sayyoraning suratlarini e’lon qildi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Olim va uning hamkasblarining dastlabki taxminlariga ko‘ra, Yerga kattaligi Marsdek keladigan sayyora xavf solmoqda. Noma’lum kosmik jism orbitada harakat qilmaydi, biroq asteroidlardan farqli o‘laroq to‘g‘ri shaklga ega. Bundan tashqari Antezana sayyora ichidan noma’lum moddadan iborat tuzilmani, shuningdek, uning ortidan qolayotga V shaklidagi etaksimon izni ham aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shundan kelib chiqadiki, ushbu obyekt ulkan kometa o‘lchamida bo‘lishi mumkin.

Sirli sayyora kelajakda Yerga yaqin kelishi, hatto to‘qnashish xavfi ham bor.
Antezana o‘zining topilmasi haqida Amerikaning NASA kosmik agentligiga ma’lum qildi. Biroq u yerdan hozircha rasmiy izoh kelmagan. Roberto oyektni kuzatishni va tadqiqoti natijalarini o‘z sahifasida yoritib borishni rejalashtirmoqda.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 913 | Добавил: Admin | Теги: Astrofizik: noma’lum sayyora Yerga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar