20:34 Aqto`bedagi YTH oqibatida jabrlanganlarning ahvoli haqida ma`lumot berildi | |
Xromtau tumani markaziy shifoxonasi bosh shifokori o`rinbosari Lyudmila Volnenkoning aytishicha, kecha kechqurun turli darajadagi tan jarohati olgan 9 nafar O`zbekiston fuqarosi kasalxonaga keltirilgan. Ulardan uch nafari xotin-qiz, olti nafari esa erkak kishi bo`lgan. “Ulardan birining jarohati o`rta og`irlikda edi. Qolganlarining esa qoniqarli darajada. Jabrlanganlar tunda bizning nazoratimiz ostida bo`lishdi. Xotin-qizlardan biri bosh miya chayqalishi jarohati olgan ekan. U kasalxonaga qolishni rad etdi. Qolganlarga tibbiy yordam ko`rsatildi. Ularda, asosan, burun, qovurg`a sinishi jarohatlari aniqlandi. Ularning ahvoli qoniqarliligi bois ertalab javob berib yubordik”, — deydi shifokor. Eslatib o`tamiz, Qozog`istonning Aqto`be viloyatida YTH oqibatida avtobus yo`lovchilari bo`lgan etti nafar O`zbekiston fuqarolari turli darajadagi tan jarohatlari bilan Xromtau tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Avtobus salonida 25 nafar yo`lovchi bo`lgan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |