01:30 AQSHning g’alati nikoh qonunlari | |
AQShning nikoh to`g`risidagi qonunlari boshqa hech qaysi mamlakatda uchramaydi, bu hatto amerikaliklarning o`zlari uchun ham kulguli sanaladi, deydi “Sosmo.ru” nashri. Quyida AQShning ba`zi bir shtatlarida qabul qilingan qonunlarni e`tiboringizga havola etamiz. Bu qonunlarni boshqa shtatlarda yashovchilar latifa tarzida aytib yurishadi. 1. Er va xotin yonma-yon, kiyimsiz yotishi taqiqlanadi Massachusets shtatining Salem shahri XVII asrlarda ayollarni yalmog`izlikda ayblab, sud qilishda dong chiqargan shaharlardan biridir. “Salem yalmog`izlari” o`limidan keyin oqlangan. Oradan shuncha vaqt o`tishiga qaramay, bu qonunlarning ta`siri bizning zamongacha yetib kelgan. Masalan, er va xotin o`zlarining shaxsiy uyidan boshqa joyda yonma-yon va kiyimsiz yotishi taqiqlanadi. Qonun rasman tan olingan bo`lsa-da, mehmonxonada yoki ijara uyda yotgan er-xotinlar dorga tortilmaydi. 2. Kelin-kuyov o`rniga uning vazifasini dublyor bajarishi mumkin To`y, tantana marosimida o`zini noqulay sezgan yigit ba`zan to`y tugaguncha o`rniga kimdir o`tirishini ham xohlab qoladi. Bunday imkoniyat Montana shtatida yashovchi harbiylarda mavjud. Bu yerda harbiy xizmatda bo`lgan yigit va qiz to`yda qatnashish imkoniyatiga ega bo`lmasa, o`rniga ishongan odamini qo`yishi mumkin. Kelin-kuyov vazifasini bajarayotgan yigit va qiz tantana tugagunga qadar bu rolni bajaradi. Albatta, qonun ilk nikoh kechasiga taalluqli emas. 3. Bahslashib uylanish mumkin Agar do`stlaringiz bilan bahslashib, hazillashib uylanmoqchi bo`lsangiz, buni AQShning Delaver shtatida amalga oshirishingiz mumkin. Bu shtatning qonunlarida bahslashib nikohdan o`tilgan bo`lsa, uni bekor qilish muammo tug`dirmaydi. 4. Aldab, tashlab ketish taqiqlanadi Janubiy Kaliforniyada yigitning va`da berib, uylanmasligi taqiqlanadi. 16 yoshdan oshgan yigit biror qizni uylanaman deb aldab ketsa, bir yildan ortiq muddatga qamoqqa olinadi. 5. Qarindosh rafiqa AQShning Yuta shtatida qarindoshlar o`rtasidagi nikoh kelin-kuyovning yoshi 55 yoshdan yuqori, farzand ko`rish imkoniyati bo`lmasa, ruxsat etiladi. Bu qonunning qabul qilinishiga qarindoshlar o`rtasidagi nikohdan nogiron bolalar tug`ilishining oldini olish va iqtisodiy omillar sabab bo`lgan. | |
|
Всего комментариев: 0 | |