12:52
AQShlik o‘smir bola jonli efirda bexosdan o‘zini o‘ldirib qo‘ydi
AQShning Jorjiya shtati Atlanta
shahrida yashovchi 13 yoshli
Malachi Xemfill Instagram Live
to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasi
chog‘ida bexosdan o‘zini
o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda
11alive portali xabar berdi.

O‘spirin translyatsiya vaqtida
o‘z tomoshabinlariga
to‘pponchani ko‘rsatishga
qaror qilgan. Uning onasi
aytishicha, oila a’zolari quloqni
qomatga keltiradigan tovushni
eshitib, bolaning xonasiga
yugurib kirgan va uni yerda
qonga belanib yotgan holda
ko‘rgan. Yigitchani
kasalxonaga yetkazishgan,
ammo shifokorlar uning
hayotini saqlab qola olmagan.

Xemfillning Instagram’da jonli
efirni tomosha qilgan do‘stlari
bolaning uyiga bostirib
kelishdi. Uning onasi so‘zlariga
ko‘ra, uy oldiga 50 ga yaqin
bola to‘planib, uning ahvoli
bilan qiziqqan.

Ayni paytda politsiya voyaga
yetmagan bola to‘pponchani
qayerdan olganini
aniqlashtirmoqda. Onasi
qurolni o‘g‘liga uning do‘sti
berganini, u esa o‘z navbatida
to‘pponchani noma’lum
kimsadan olganini qayd etdi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 901 | Добавил: G‘anisher | Теги: AQShlik o‘smir bola jonli efirda be | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar