22:04 AQShda “Pokemon Go” o‘ynayotgan homilador ayolni mashina urib yubordi | |
18 yoshli ayol 38 haftalik homilasi bilan furgon tagida qoldi. AQShning Missuri shtatida 18 yoshli homilador ayolni singlisi, qallig‘i va yaqinlari bilan “Pokemon Go” o‘yinini o‘yinayotgan paytda furgon urib yubordi. Avtomobil haydovchisi voqea joyidan qochgan. Bu haqda “DailyMail” xabar bermoqda. Zarbdan qattiq shikast yegan ayol hushini yo‘qotgan. Bu paytda uning homilasi 38 haftalik edi, deyiladi xabarda. Jabrlanuvchi shifoxonada o‘ziga keldi. Uning homilasini saqlab qolish uchun shifokorlar bolani jarrohlik usuli bilan tug‘dirishdi. Ayni damda ona va bolaning salomatligi joyida, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Jabrlanuvchining singlisi ma’lumot berishicha, furgon haydovchisi homilador ayolni tasodifan urib yubormagan. U avvaliga bir guruh o‘yin o‘ynayotganlar yonidan o‘tib ketgan va birdan burilib ayolning ustiga bostirib kelgan. Shundan so‘ng, haydovchi mashinani orqaga haydab, jabrlanuvchining oyog‘ini bosgan. Ma’lumot o‘rnida, “Pokemon Go” 2016 yilning 6 iyulida chiqqan, reallik va virtual hayotni bog‘laydigan kompyuter o‘yini bo‘lib, Niantic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqildi. | |
|
Всего комментариев: 0 | |