23:22 AQShda avtomobil piyodalarni bosib ketdi | |
Amerikaning Yuta shtatida avtomobil piyodalarni bosib ketishi oqibatida bir kishi halok bo`ldi, besh kishi tan jarohati oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. O`lim bilan yakunlangan yo`l-transport hodisasi mahalliy vaqt bilan 18.00 da Solt-Leyk-Siti shahrida ro`y berdi. Guvohlarning ma`lumot berishicha, avtofalokatdan keyin avtomobilni boshqargan ayol mashinadan tushib, telefonda gaplashgancha, voqea joyidan yashiringan. Huquq-tartibot idorasi xodimlari ayolga nisbatan qidiruv e`lon qildi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |