22:05
Apple ikki SIM-kartali iPhone chiqarishi mumkin
Apple kompaniyasi SIM-karta uchun ikkita slotga ega smartfonga patent oldi. Ekspertlarning aytishicha, ikki SIM-kartali iPhone’lar sentabr oyining boshidayoq taqdim etilishi mumkin. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda.

Buni amalga oshirish uchun Apple smartfonni SIM-kartalar uchun ikkita slot, ikkita resiver, ikkita antenna va bitta radiouzatkich bilan ta’minlaydi. Ekspertlarning fikricha, 3,5 millimetrli portdan voz kechilishi barcha unsurlarni smartfon o‘lchamini kengaytirmasdan joylashtirish imkonini beradi.AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi tomonidan e’lon qilingan patent arizasi Dual SIM Dual Active (DSDA) texnologiyasini tavsiflaydi. Unga ko‘ra, ikkita SIM-karta doimiy ravishda faol holatda bo‘lib, bir-biridan mustaqil ravishda bitta yoki alohida-alohida operatorlarning tarmoqlari orqali qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 781 | Добавил: Admin | Теги: Apple ikki SIM-kartali iPhone chiqa | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar