Nokia brendi ostidagi qurilmalarni ishlab chiquvchi HMD Global kompaniyasi Mobile World Congress ko‘rgazmasida Nokia 8110 savdosini qayta boshlashi haqida e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Korpusi egik ko‘rinishda va old panelida himoya qopqog‘i bo‘lgan telefon 1996-yilda chiqarilgan edi. Qurilmaga shakli tufayli “banan” deb laqab qo‘yishdi, ammo u “Matritsa” filmida qo‘llanilganidan keyin katta mashhurlikka erishdi.

Yangilangan versiya ikki xil — qora va sariq rangda taqdim etiladi. Telefon 4G-tarmoqlarga va Wi-Fi’ga ulana oladi, unda bir nechta eng ommabop dasturlar bo‘ladi. Yangi Nokia 8110 79 yevro narxda sotiladi.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Админ | Дата: 27.02.2018 | Комментарии (0)


Apple kompaniyasi 2018-yilning oxirigacha bozorga iPhone smartfonlarining uchta yangi modelini chiqarishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “TASS”. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar bergan. Barcha modellar iOS 12 operatsion tizimi va Siri yordamchisi bilan jihozlanadi.

Bozorda iPhone X’ning yangi versiyasi, “olmali” smartfonning qandaydir arzon versiyasi, shuningdek, ekranining o‘lchami rekord darajada bo‘ladigan iPhone paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Shartli nomi D33 bo‘lgan “katta” smartfonga 6,5 dyuymli ekran o‘rnatiladi. Bundan tashqari, ushbu model, shuningdek, yangilangan iPhone X ham foydalanuvchilarga tanish bo‘lgan Face ID texnologiyasi bilan ta’minlanadi.

Arzon versiyada esa A12 protsessori ishlatiladi. Shuningdek, “katta” iPhone’ga ikkita simkarta o‘rnatish mumkin bo‘lishi taxmin etilmoqda.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Админ | Дата: 27.02.2018 | Комментарии (0)


Asteroidning umumiy diametri 700 metrga teng bo'lib, olimlarning hisob-kitoblariga ko'ra, 2018 yil noyabrida sayyoramizga yaqinlashib keladi. U oxirgi marta Yerga 2015 yil 31 oktyabrida yaqin kelgandi.

Asteroid yaqinlashib kelgach, olimlar bemalol uning tarkibini o'rganish imkoniga ega bo'lishadi. Asteroid Gavay orollarida joylashgan Pan-STARRS teleskopi yordamida o'rganiladi.

Agar shu asteroid yerga qulab tushsa, kuchli zilzilalarni, suv toshqinlarini, to'fonni keltirib chiqaradi. Ammo mutaxassislar aholini tinchlantirgan holda asteroid yerga qulamasligini ta'kidlashdi.

Manba: Hordiq.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 23.12.2017 | Комментарии (0)


Xiaomi kompaniyasi o‘zining Mi 6 flagmanini yangilashga tayyorlanayotgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Internetda Xiaomi kelasi yili chiqarishi kutilayotgan yangi avlod Mi 7 flagman smartfonining taxminiy xususiyatlari va hatto narxi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Qurilma 2018-yilning birinchi choragida yoki ikkinchi choragi boshida taqdim etilishi mumkin.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mi 7 6,1 dyuymli 18:9 OLED-displey (Samsung’dan), Snapdragon 845 protsessori, 6 Gb tezkor xotira, 16+16 megapikselli qo‘sh kamera, 3350 mA/soat sig‘imli akkumulyator (+ tezkor quvvat olish)ga ega bo‘ladi.

Mi 7 2699 yuan (taxminan 400 dollar)dan boshlanadigan narxda sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 28.11.2017 | Комментарии (0)


Apple’ning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2017-yil mart oyiga kelib kompaniyaning dunyo bo‘yicha sotilgan smartfonlari soni 1,16 milliardga yetgan. Bu haqda Daily Comm’ga tayanib, “Mobinfo.uz” xabar berdi.

2017-yil aprel oyidagi statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 728 millionta yoki sotilgan smartfonlar umumiy sonining 62,6 foizi foydalanuvchilar qo‘lida bo‘lgan va ishlab turgan.

Bugungi kunda Apple mahsulotlari smartfonlar savdosi bozorining 15 fozini egallab turgan bo‘lsa ham, aprel oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyodagi mobil telefon foydalanuvchilarning to‘rtdan bir qismi Apple smartfonlaridan foydalanmoqda.

iPhone’dan eng ko‘p foydalanuvchilar Xitoyda bo‘lib, uning ulushiga 228 million kishi to‘g‘ri keladi. Undan keyingi o‘rinda turgan AQShda 120 million kishi yoki umumiy foydalanuvchilarning 16,4 foizi iPhone’ga ega.

2014-yilda sotuvga chiqarilgan iPhone 6 faol iPhone’lar umumiy sonining 21 foizini tashkil qiladi. iPhone 6s 18 foiz, iPho ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 23.07.2017 | Комментарии (0)


Dizayner Benjamin Geskin iPhone 8 qay ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi borasida bir nechta yangi suratlar va videoni taqdim etdi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Geskin ishlab chiqarish maketi, ekran uchun himoya qatlami hamda iOS uchun muqova tasviridan foydalanib juda chiroyli qurilma yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

Geskinning iPhone 8’i avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga mutlaqo mos keladi. Uning ekrani 5,8 dyuymga teng, shuningdek, minimal hoshiya, frontal kamera va datchiklarga ega qilib ishlangan. Qora old yuzasiga iOS’ning so‘nggi versiyasiga tegishli muqova joylashtirilgan, uning ustiga esa himoya qatlami yopishtirilgan.

Taxminlarga ko‘ra, iPhone 8 2014-yilda ishlab chiqarilgan iPhone 6 davridan beri eng katta yangilanish bo‘lishi kutilmoqda. iPhone 8 bilan bir qatorqda iPhone 7s hamda iPhone 7s Plus ham ishlab chiqariladi.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 26.06.2017 | Комментарии (0)


O‘zbekistonda Xitoyning Huawei P10 Plus smartfoni sotuvga chiqdi. Smartfon o‘zining 6,98 millimetrli ingichka korpusi va ekranning old qismidagi barmoq izi skaneri bilan maqtanishi mumkin, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Huawei P10 Plus’ga 8 yadroli, bir kristalli HiSilicon Kirin 960 tizimi hamda qo‘shimcha 4 Gb tezkor xotira o‘rnatilgan. Shuningdek, 64 gigabayt ichki xotiraga ega. Bundan tashqari P10 Plus’ning 6 Gb tezkor xotira hamda 128 Gb ichki xotiraga ega versiyasi ham mavjud. Smartfon 4,5G LTE ega bo‘lib, ma’lumotlarni 600 Mbit/soniya tezlikda yuklab olishi mumkin.

Katta o‘lcham hamda piksellarining soni ortgani sabab energiya sarfi ham ortgan. Shu sababli unga 3750 mA/soat hajmli akkumulyator o‘rnatilgan.

Huawei P10 kamerasi Leica kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.

Poytaxt savdo markazlarida Huawei P10 Plus’ning 4 Gb tezkor xotira hamda 64 Gb ichki xotiraga ega versiyasi 5,8 million so‘mdan sotilmoqda.

... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 08.06.2017 | Комментарии (0)


Buyuk Britaniyadagi Manchester universiteti paleontologlari dinozavrlarni ularning suyaklarida topilgan oqsil qoldiqlaridan tiriltirib bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Olimlar chindan ham ushbu organik modda dinozavrga tegishli ekanligini aniqlash uchun tirannozavr qoldiqlaridagi kollagen izlarini tahlil qildi. Tadqiqot natijalari mazkur “qazilma” modda tuyaqushlar suyagidan olingan kollagenga muvofiq kelishini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, dinozavrlar suyaklarida o‘ta qadimiy biologik molekulalar mavjud emasligi ularni biotexnologik uslublar yordamida qayta yaratishga imkon bermaydi.

Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 05.06.2017 | Комментарии (0)


Chilida 26-may, juma kuni mamlakat prezidenti Mishel Bachelet tomonidan dunyodagi eng yirik teleskop qurilishiga start berildi, deb yozadi “TASS”.

Ekzosayyoralarni tadqiq etish uchun mo‘ljallangan qurilma “Yevropa ekstremal katta teleskopi” (European Extremely Large Telescope, EELT) nomini oldi. Qurilma Chilining Atakama cho‘lida 2024-yilgacha barpo etiladi.

Qiymati 1 milliard yevroni tashkil etuvchi qurilma beshta segmentli oyna bilan jihozlanadi. Ulardan eng yirigining diametri 39 metrni tashkil etadi, u 800 ga yaqin diametri 1,4 metrlik oltiburchakli oynadan tashkil topadi.

Konstruksiyaning umumiy og‘irligi besh ming tonna bo‘lib, undan uch ming tonnasi qurilmaning harakatlanadigan qismiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 29.05.2017 | Комментарии (0)


NASA kelgusi yil yozida Quyoshga rekord darajadagi masofaga yaqinlashadigan koinot tadqiqot zondini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Solar Probe Plus (SPP) missiyasi parvozi 2018-yilning 31-iyuli va 19-avgusti oralig‘ida Delta IV–Heavy raketa tashuvchisida amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda.

Qurilma Quyosh yuzasidan 3,9 million mil (6,2 million kilometr) masofada, Merkuriy sayyorasidan ham yaqinroq bo‘ladi. NASA iborasi bilan aytganda, Solar Probe Plus birinchi bo‘lib yulduzga “teginib ko‘radi”, chunki Quyoshga insoniyat tomonidan qachondir yuborilgan zondlardan 7 marotaba yaqinroq keladi.

SPP Quyosh tashqi atmosferasini tadqiq etishi, fizik xususiyatlari haqidagi savollarga javob beradigan o‘ta muhim kuzatuvlarni olib borishi kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 29.05.2017 | Комментарии (0)


Samsung kompaniyasi Galaxy S9 va S9+ smartfonlarini Star va Star 2 kodli nomlar ostida to‘liq ko‘lamda ishlab chiqishni boshlab yubordi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru” Koreyaning The Bell nashriga tayanib.

Hozircha bo‘lg‘usi smartfon haqidagi ma’lumotlar ko‘p emas, ammo shunisi ma’lumki, uning ekrani Samsung Galaxy S8’nikiga o‘xshash bo‘ladi. Shu tariqa, qurilmaga mish-mishlarda aytilganidek bukiladigan emas, shunchaki takomillashtirilgan Infinity ekrani o‘rnatilishi mumkin.

Shuningdek, Samsung tarkibiy qismlarni ishlab chiqarishni ancha tezlashtirishga va prototipni ishlab chiqish davrini qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan, bu esa Galaxy S9’ni shu yilning oxiridayoq ishlab chiqarishni boshlash imkonini beradi. Samsung kompaniyasi Galaxy S9’ni odatdagidan ertaroq taqdim etishi mumkin.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 25.05.2017 | Комментарии (0)


Shu yilning boshida MWC 2017 anjumanida namoyish qilingan Huawei P10 smartfoni O‘zbekistonda sotuvga chiqdi, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Smartfon 5,1 dyuymli Full HD va 1920×1080 pikselli displey bilan jihozlangan. Kirin 960 protsessori ega, akkumulyatorining hajmi esa 3200 mA/soat sig‘imga teng. 20 megapikselli monoxrom va 12 megapikselga teng rangli sensorli ikkita asosiy kameraga ega, frontal kamerasi esa 8 megapiksel. Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Huawei P10’ning asosiy jihati — Leica kompaniyasi ishtirokida ishlab chiqarilgan ikkita asosiy orqa kameraga egaligi. Ulardan biri 12 megapiksel va u rangli tasvirni beradi, ikkinchisi esa 20 megapiksel va monoxrom tartibda suratga olishni amalga oshiradi. Ishlab chiqaruvchining ma’lumotlariga ko‘ra, bu tasvirning qorong‘ida ham aniq chiqishini ta’minlaydi.

Toshkent savdo markazlarida P10’ning 4 gigabaytli tezkor xotira va 64 gigabayt ichki xotiraga ega hamda ikkita sim-karta ket ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: Admin | Дата: 24.05.2017 | Комментарии (0)


Telegram messenjeri Bot Payments onlayn-to‘lovlar funksiyasini ishga tushirdi, ayni paytda ko‘pchilik operatsiyalarning qo‘llab-quvvatlanishini Amerikaning Stripe kompaniyasi ta’minlamoqda. Bu haqda kompaniya blogiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Stripe — bu hali boshlanishi. Yaqin kunlarda to‘lovlar RazorPay orqali Hindistonda, FlutterWave orqali Nigeriya, Keniya, Gana, Janubiy Afrika va Ugandada hamda PaymentWall orqali 190 dan ziyod mamlakatlarda amalga oshirish uchun ochiq bo‘ladi. Rossiya uchun ‘Yandeks.Dengi’ va Qiwi hamda O‘zbekiston uchun Payme biroz kechroq qo‘shiladi”, — deyiladi xabarda.

To‘lovlar butun dunyo bo‘ylab ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan botlar orqali amalga oshiriladi. Ta’kidlanishicha, messenjer oldi-sotdining ishtirokchisiga aylanmagan holda, xaridorlar, ular tanlagan to‘lov tizimlari va sotuvchilar botlari o‘rtasida aloqa o‘rnatadi. Shu tariqa kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plamaydi yoki tranzaksiyal ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 19.05.2017 | Комментарии (0)


2022-yildan keyin Yerda asta-sekinlik bilan sovib ketish boshlanadi. Bu haqda Sibir mintaqaviy ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti gidrometeorologiya va ekologiya bo‘limi mudiri Nikolay Zavalishin ma’lum qildi, deb yozadi “Naukatv.ru”.

Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida global isish davom etib, sayyorada o‘rtacha havo harorati 1,1 °С ga ko‘tariladi. Ammo taxminan besh yildan keyinoq, harorat pasayishni boshlaydi, bunda odam qancha uglevodorodni bitkazishi ahamiyatga ega emas.

Zavalishin — global isishning antropogen xususiyatini inkor etuvchi nazariya tarafdori. Uning fikricha, harorat o‘zgarishi Yer albedosi — Quyosh energiyasining koinotda aks etgan foizi pasayishi bilan bog‘liq.

Olim eslatishicha, haroratning ko‘tarilishi va pasayishi davrlari avval ham kuzatilgan, ular takrorlanuvchi xususiyat kasb etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir sikl 10 yillik tez isish va 40—50 yillik sekin “sovish”dan iborat.

... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 19.05.2017 | Комментарии (0)


Germaniyaning 1980-yillar oxirida MP3 formatini o‘ylab topgan Fraunhofer IIS kompaniyasi 16-may kuni unga litsenziya berishni to‘xtatdi, deb yozadi Meduza. Ko‘pchilik OAVlar ushbu yangilikni formatning o‘limi deb e’lon qildi — endi u yanada samaraliroq AAC formatiga yo‘l berishi kerak. Aslida esa MP3 formatini hech kim o‘ldirgani yo‘q — va u, aksincha, yanada ommalashishi mumkin, axir endi uning yaratuvchilariga hech qanaqa ushlanmalar to‘lash kerak emas.

Shu paytgacha MP3 formatini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalarni ishlab chiqaradigan har qanday kompaniya Germaniyaning Fraunhofer IIS tadqiqot kompaniyasidan litsenziya olishi kerak edi. Buning evaziga kompaniya kichik pul o‘tkazmalarini olar, ular unga yiliga jami hisobda yuz millionlab mablag‘ keltirar edi.

MP3 texnologiyasi bilan bog‘liq patentlar 2000-yillar o‘rtalaridayoq tugashni boshladi, 2017-yilga kelib esa Fraunhofer IIS formatni litsenziyalashga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotdi va endi undan hech qanday ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 17.05.2017 | Комментарии (0)


Qurg‘oqchil yerlarning geodeziya syomkasi Yerda avval hisoblanganidan ancha ko‘proq daraxtlar o‘sishini ko‘rsatdi, deb yozadi National Geographic. Avvalgi raqamlar endi 9 foizga o‘zgartirilishi kerak.

Adelaida universiteti biologlari qurg‘oqchil hududlar tasvirlarini tahlil qilar ekan, kutilmagan joylarda: Afrikada Saxaradan janubda, Hindistonning markaziy qismida, Avstraliya qirg‘oqlarida va O‘rtayer dengizining issiq hududlarida o‘rmon maydonlari borligini payqab qoldi.

“Yangi” o‘rmonlar uzoq vaqtlar davomida noma’lum bo‘lib qolishiga ularning zichligi past ekanligi sababchidir: suv kam bo‘lgan yerlarda daraxtlar tarqoq holatda o‘sadi. Umumiy hisobda qurg‘oqchil hududlar oldingi ma’lumotlar ko‘rsatganidan 45 foizga ko‘proq o‘rmonlar bilan qoplangan.

Butun sayyora ko‘lamida esa bu uning yuzasida avval hisoblanganidan ko‘ra 9 foizga ko‘proq o‘rmonlar borligini bildiradi. Kashfiyot mualliflari ta’kidlashicha, qurg‘oqchil yerlar hissasiga quruqlik y ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 16.05.2017 | Комментарии (0)


Gollandiyalik olimlar yoriqlarni tuzatib, elektromobillarni quvvatlaydigan asfalt modernizatsiyasi ustida ishlamoqda, deb yozadi Afisha Daily.

G‘oyaga ko‘ra, asfalt ko‘tarmaga metall tolalar kiritiladi. Qayta tiklanish jarayoni induksiya mashinasi yordamida ishga tushadi, u tolalarni qizdiradi va qoplamaning bitib ketishiga imkon yaratadi. Mashinalar svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtagan yoki tirbandlikda turgan vaqtda, ular quvvatlantiriladi.

Tadqiqot bilan Delft texnika universiteti mutaxassislari shug‘ullanmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi qoplama oddiysidan ikki marta uzoqroq xizmat qiladi. Narxi esa 25 foizga qimmatroq bo‘lishiga qaramasdan, mamlakatda barcha yo‘llar yangisiga almashtirilsa, budjet xarajatlari yiliga 90 million dollarga kamayadi.

Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 11.05.2017 | Комментарии (0)


Hindistonni o‘zgartirish milliy instituti to‘liq elektromobilga o‘tish bo‘yicha reja tayyorlamoqda, deb xabar beradi Reuters.

Bosh vazir Narendra Modi rahbarligidagi institut tayyorlagan qoralama hujjatda 15 yillik reja qayd etilgan. Unga ko‘ra, bu boradagi ishlar shu yilning o‘zidayoq boshlanishi lozim.

Reja 2032-yilga qadar oddiy avtomobillardan butunlay voz kechishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, rejada elektromobillarni sotib olishda hamda taksilar uchun elektr energiyasiga haq to‘lashda soliqlarni va ssuda foizlarni kamaytirish, uglevodorodli yoqilg‘ida harakatlanuvchi mashinalarni sotishni cheklash va bunday avtomobillarni sotishdan keluvchi soliqni zaryadlash stansiyalari tarmoqlarini qurishga yo‘naltirish taklif qilinmoqda.

Rejaga ko‘ra, 2018-yilda Hindistonda akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha davlat fabrikasi ishga tushishi hamda batareyani almashtirish joylari ochilishi lozim.

Hujjat mualliflari 2025-yilga borib, e ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 08.05.2017 | Комментарии (0)


Boshni ko‘chirib o‘tkazishga urinishlar XX asrning boshidan buyon davom etib kelmoqda. 1908-yilda amerikalik fiziolog Charlz Klod Gatri dunyoda birinchi bo‘lib bunday operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirgan. U itning boshini ko‘chirib o‘tkazgan, biroq ko‘chirilgan a’zo faoliyat ko‘rsatmagan. Yarim asrdan so‘ng shifokorlar bu muammoni hal qildi va hozirgi kunda it, maymun va sichqonlarning boshini ko‘chirib o‘tkazish amalga oshirilmoqda. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.

Shu vaqtgacha inson boshi ko‘chirib o‘tkazish ba’zi etik masalalar va hal qilinmagan bir qator tibbiy jihatlar sababli amalga oshirilmagan. Xususan, kesilgan miya qismlarini birlashtirishning samarali texnologiyasi mavjud emasligi bosh va tana o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon bemagan.

Italiyalik neyrojarroh Serjo Kanavero bu sohada katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Yaqinda u ulangan miya mushaklarida neyronlar o‘sishini aks ettirgan fotosuratni e’lon qilgan va bu texnologiya ins ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 03.05.2017 | Комментарии (0)


Facebook dunyoning 150 mamlakatida Messenger’ning yengillashtirilgan versiyasini ishga tushirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

TechCrunch nashriga ko‘ra, hozircha Messenger Lite’dan Germaniya, Yaponiya, Italiya, Marokash, Niderlandiya, Peru kabi 132 davlatda foydalanish mumkin. Biroq dasturdan yaqin orada Google Play orqali boshqa mamlakatlarda ham foydalanish imkoniyati tug‘iladi.

Messenger Lite’dan hajmi kichik xotira, kuchsiz protsessor, bog‘lanish tezligi past smartfonlarda foydalanish mumkin. Dastur foto, havola va stikerlar jo‘natishni ta’minlaydi.

Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli texnologiyalar / 21-asr tehnologiyasi |  Добавил: G‘anisher | Дата: 01.05.2017 | Комментарии (0)

1 2 3 »