Inson o`rtacha necha yil yashashi mumkin, degan savol hammani qiziqtirsa kerak. Olimlar ko`p yillik kuzatuvlar natijasida shunday xulosaga keldilar: inson taxminan 150 yilgacha yashashi mumkin, deb yozadi "Zarnews" nashri. Agar biz turli hayvonlarning qancha yashashini tekshirsak, ular orasidagi o`ziga xos tafovutni ko`ramiz. Erkinlikda yashaydigan hasharot, qurt-qumursqalar bir necha soat yashaydi, xolos. Fil 150-200 yil, ot 40 yil, burgut, oqqush, to`ti 100 yilgacha, toshbaqa, timsoh 300 yilgacha yashar ekan. Hayvonlar singari o`simliklarning ham yashash muddati turlicha. Masalan, tok 100 yil, dub daraxti 1000 yil, Afrikada o`sadigan baobab, Avstraliyada o`sadigan ekvalipt daraxtlari 5-6 ming yilcha yashashi aniqlangan. Hayvonlar umri ularning o`sish davriga qaraganda 5-8 marta ortiq bo`ladi. Masalan, it 2 yil mobaynida o`sadi, 10-15 yil yashaydi. Ot 5 yil o`sadi, umri 30-40 yilga etadi. Odam esa 25 yoshgacha o`sadi. Demak, inson normal sharoitda 150 yilgach
...
Читать дальше »
|
Berklidagi Lourens nomidagi milliy laboratoriya olimlari asteroidlar kamaridagi meteoritlarda murakkab organik birikmalar va suv borligini aniqladi. Sayyorashunoslar maqolasi Science Advances jurnalida chop etilgan. U haqda qisqacha Phys.org sayti hikoya qiladi.
Tadqiqotchilar fikricha, ularning topilmasi Yerga qulaydigan kosmik jismlar sayyorada hayotning paydo bo‘lishida muhim rol o‘ynagan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar meteoritlar ichidagi tosh tuzning juda kichik kristallari kimyoviy tarkibini o‘rgandi. Bu kristallar turli ranglarga ega. Kosmik jismlar yoshi 4,5 milliard yilga teng.
Minerallarning rentgen suratlari kristallarda tarkibida turli organik molekulalar bo‘lgan tuz bilan to‘yingan suv eritmasi aralashmalari borligini ko‘rsatdi. Olimlar fikricha, topilma primitiv hayot, masalan, mikroorganizmlar Quyosh tizimining boshqa joylarida ham mavjud bo‘lishi mumkinligini namoyish etadi. Manba: Daryo.uz
|
Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov bu savolga quyidagicha javob berdi:
— Qayd etib o‘tish joizki, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunning 33-moddasiga asosan Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek, ularning dizaynini Oliy Majlis Senatining Kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Shu bilan birga, Markaziy bank yangi namunalardagi banknot va tangalar muomalaga chiqarilishi to‘g‘risida axborotni, shuningdek, ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi. Bu boradagi yangiliklarni Markaziy bankning www.cbu.uz saytida ham kuzatib borish mumkin.
Manba: Zamin.uz
|
Gretsiyada 1-yanvardan ekologik soliq joriy etildi: endi supermarketlarda plastik paket uchun 4 yevrotsent to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Kelgusi yil 1-yanvardan ularning narxi 9 yevrotsentgacha ko‘tariladi. Rasmiylar ularni utilizatsiya qilish va ko‘p marotabali paket va sumkalardan foydalanishni rag‘batlantirishi bildirilmoqda.
“Plastik paket odatiy iste’molimizdan chiqib ketishi kerak. Biz iste’molchilarning o‘zini tutishini o‘zgartirmoqchimiz. Ular fuqaro sifatida ekologik oqibatlarni his etishi kerak”, — deydi atrof-muhit vazirining o‘rinbosari Sokratis Famellos.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gretsiyada plastik paketlardan Yevropaga nisbatan o‘rtacha ikki barobar ko‘proq foydalaniladi: 2015-yilda Yevroittifoqda bir kishiga yil mobaynida 175, Gretsiyada esa 363 paket to‘g‘ri kelgan.
|
Yaqin vaqt ichida O'zbekiston tuyaqush terisidan tayyorlangan erkaklar poyabzallari va charm-galantereya mahsulotlarini eksport qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri «O'zbekcharmpoyabzali» assotsiatsiyasidagi manbaga asoslanib. Uning aytishicha, poyabzallar o'zbek dizaynerlari tomonidan ishlab chiqilgan eksklyuziv modellar bo'ladi. Mahsulot buyurtmachilar baholashlari uchun Italiya va Ispaniyaga jo'natiladi. So'ngra mahsulot miqdori va yetkazib berish davriyligi borasida bir qarorga kelinadi. «Bu bizning ilk tajribamiz. Xom ashyoni Farg'ona vodiysidagi tuyaqush boqish bilan shug'ullanuvchi fermerlar taqdim etishdi. Tuyaqush terisi o'zining mustahkam va elastikligi bilan ajralib turadi. Tuyaqush terisidan tayyorlangan mahsulotlar premium toifaga kiruvchi mahsulotlardan hisoblanadi», — dedi suhbatdosh. U bunday mahsulot ichki bozorga ham chiqarilishi haqida aniq ma'lumot aytmadi. Qayd etish joiz, jahon modasida tuyaqush terisidan tayy
...
Читать дальше »
|
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 dekabr kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnoma yo‘llamoqda. Prezident murojaati “O‘zbekiston 24” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda. Prezident o‘z murojaatida 2018-yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilishni taklif etdi. Yig‘ilishga to‘plangan deputat va senatorlar, jamoatchilik vakillari ushbu taklifni gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatladi. Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1997-yildan e’tiboran har bir yilga shu davr ichida rivojlanishlarning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan edi. 1997—2017-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan: 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili 2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili 2014-yil — Sog‘lom bola yili 2013-yil — Ob
...
Читать дальше »
|
Siz o‘zingizni xuddi yerdagidek qulay his qilishingiz uchun avialaynerlarda salondagi havo sifati uchun javob beradigan maxsus tizimlar ko‘zda tutilgan, deb yozadi Travel Ask. Samolyotlar odatda 9—12 ming metr balandlikda uchadi. Samolyot balandlikka ko‘tarilgach, parametrlari yerdagidan keskin farq qiluvchi atmosfera havosiga kirib qoladi. Salondagi havo taxminan 15—20 daqiqa parvoz uchun yetadi, undan keyin salonda kislorod miqdori kamayib ketadi va nafas olish mumkin bo‘lmay qoladi. Toza havo kirishi uchun shunchaki lyukni ochib qo‘yish imkonsiz. Gap shundaki, bunday balandlikda havodagi kislorod miqdori 7—8 foizgacha kamayadi, pastda esa bu ko‘rsatkich 21 foizga teng. Bort tashqarisidagi atmosfera bosimi esa biz uchun odatiy bo‘lgan 740—760 mm sim. ust. o‘rniga, 170—250 mm sim. ust. gacha tushib qoladi. Qulay sharoitlarni ta’minlash uchun barcha avialaynerlarda maxsus sun’iy iqlim hosil qilish tizimi ishlaydi. Tizim bort tashqarisidagi havoni olib, uni kom
...
Читать дальше »
|
Bu maqolamizni o‘qisangiz odam organizmiga bog‘liq qiziq faktlarni bilib olasiz. 1. Yosh o‘tishi bilan oyoq kaftlari kattalashishi rostmi? Yildan-yilga chandir va paylar kuchsizlana boshlaydi. Shu sababli oyoq kaftlari yuzasi yassilashishi mumkin, shunda oyoq kaftlari kengroq va uzunroq bo‘lib qoladi. Odatda 70-80 yoshlarga borib oyoqlar bir razmerga kattalashadi. 2. Nima uchun ayollar erkaklarga qaraganda ko‘proq sovqotadi Ayollarda teri osti yog‘lari ko‘proq, lekin ular tananing markazida to‘plangan bo‘ladi va faqat ichki a’zolarni isitadi. Shuning uchun qo‘l-oyoqlar sovuqdan kamroq himoyalangan bo‘ladi. Qo‘llar va oyoqlar sovqotganda esa, butun organizm sovqotayotgandek tuyuladi. 3. Keksalarga xos hidning borligi rostmi Ha, rost. Bundan tashqari yoshlar va o‘rta yoshlilar ham o‘ziga xos hidga ega. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, keksa kishilar qolgan ikki guruhdagilarga qaraganda biroz kuchsizr
...
Читать дальше »
|
Salom hurmatli saytimiz foydalanuvchilari! Ko'pdan beri kuzatmoqdaman va ko'p foydalanuvchilar o'zimdan ham so'rashdi. Ya'ni nima emish, Telegram Vektor degan programma chiqibdiyu xudo berib, xoxlagan odamingizni telegramdagi akkauntidagi ma'lumotlarni ko'rishingiz va o'qishingiz mumkin emish. Ko'p sonli saytimiz muxlislarini ushbu ma'lumot bilan menga chiqib kelishi, shunga e'tiborimni qaratdi. So'ng internetdan "Telegram Vektor" deb qidirish berdim. Ma'lumotlar ichida Telegram Vektor qandaydir telegramning rasmli formatlarni o'zgartirish funksiyasi bo'lib chiqdi. Aslida bunday dastur umuman yo'q! Bu jonkuyar telegramda kanal va guruhlar ochgan foydalanuvchilarni soxta quruq safsata reklamasi holos. Maqsad shunday ma'lumot asosida kanaliga odam yig'ish. Telegram Vektor 7.2 MB ko'chirib olish deb pastga manzilga urg'u beradi bossangiz kanallar ortidan kanal kelib chiqadi. Aslida esa bunday dastur yo'q. Telegram asoschisi Pavel Durov telegramni b
...
Читать дальше »
|
Zamonaviy qurbaqalarning 88 foiz turlari Yerdagi hayotni deyarli butunlay yo‘q qilib yuborgan asteroid qulashidan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu haqda Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan maqolaga tayangan “Gazeta.ru” yozmoqda. Bugun qurbaqalarning 6700 turi ma’lum, ammo genetik ma’lumotlar yetishmovchiligi shu paytgacha ularning evolyutsion tarixini o‘rganish imkonini bermayotgan edi. Endi olimlar 145 turning 95 gen to‘plamini o‘rganib chiqib, ularning genetik xilma-xilligi 66 million yil muqaddam keskin oshib ketganini aniqladi. O‘shanda asteriod qulab, Yerdagi hayotning 3/4 qismini yo‘q qilgan edi. Jumladan, o‘shanda dinozavrlar ham yo‘q bo‘lib ketgan edi. O‘rganilgan qurbaqalarning bari uch turning — Hyloidea, Microhylidae va Natatanura’ning avlodlari bo‘lib chiqdi. Aynan shu turlar ommaviy qirilishdan omon qolgan edi. Aniqlanishicha, ko‘payib borgan qurbaqalar bo‘shagan ekologik tokchalarni, jumladan, o
...
Читать дальше »
|
Xitoyning Sichuan viloyatidagi Desi shahrida yuzdan ortiq odam ko`chki tagida qoldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarga voqea joyidan suratga olingan videolar joylashtirildi. Kadrlardan ko`chki bir necha yuz metrgacha surilganini ko`rish mumkin. Voqea joyida qutqaruvchilar, polisiyachilar odamlarga yordam bermoqda. Jabrlanganlar soni aniqlanmoqda. Manba: Darakchi.uz
|
Ishi jismoniy harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan odamlar shuning o‘zi yetarli deb o‘ylaydi va ko‘pincha sport bilan shug‘ullanishga e’tibor bermaydi. Lekin ishdagi faollik sport zalidagi mashg‘ulotlarning o‘rnini bosolmaydi. Ishda siz hamma mushaklar guruhlarini ishga tushira olmaysiz Ko‘pchilik hollarda jismoniy mehnat doim bir xil bo‘ladi, ya’ni siz har kuni bir xil vazifalarni bajarasiz. Bunda bir xil mushaklar guruhlari ishlaydi, boshqalari esa bo‘shashib qoladi va tetikligini yo‘qotadi. Ba’zi mushaklarning zo‘riqishi va ba’zilarining bo‘shashishi tanada muvozanatsizlikni keltirib chiqaradi, qomatni buzadi va tayanch-harakat tizimining har xil kasalliklarini keltirib chiqaradi. Buning natijasida turli xil kasb kasalliklari — impindjment-sindrom, orqadagi og‘riqlar, bo‘g‘in kasalliklari paydo bo‘ladi. Sport zalida siz mushaklarning barcha guruhlarini ishlatadigan dastur bo‘yicha shug‘ullanasiz. Siz zaif mushaklarga ham e
...
Читать дальше »
|
Amerikalik pensioner tasodifan qiymati 15 mln dollar bo`lgan san`at asarining egasiga aylandi.
Arizona shtatining Skotsdeyl shahrida yashovchi fuqaro ko`chishga hozirlik ko`rayotgan chog`ida garajdagi axlat uyumlar ichidan surat topib oldi. Keyinchalik ekspertlar bu rassom Jekson Pollokning yo`qolgan asari ekanligini aniqlashdi.
Topilma joyiga auksion uylaridan birining egasi Josh Levin etib keldi. Dastavval u topilmani bor yo`g`i 300 dollarga baholadi, ammo batafsil tahlildan so`ng suratning qiymati ming marta kattaligi aniqlandi.
San`at asarini tiklashga ikki hafta va 50 ming dollar sarflanadi.
Restavrasiyadan so`ng surat 20 iyun kuni bo`lib o`tadigan auksion savdosiga qo`yiladi. Uning dastlabki bahosi 5 million dollar, ammo Levin uning so`nggi bahosi 10 dan 15 milliongacha bo`lishini kutmoqda. Manba: Darakchi.uz
|
Dubayda bolalarni shifokorlardan cho‘chimasliklari uchun tibbiy jarayonlar asoslariga o‘rgatadigan “Yumshoq ayiqcha kasalxonasi” ochiladi. Bu haqda UAE Inside ma’lum qildi. Mazkur tashkilot Dubay amiri qaroriga binoan tashkil etilgan Mohammad Bin Rashid University of Medicine and Health Sciences qoshida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Maktablarda bolalar o‘yinchoqlarini “davolaydigan” maxsus darslar ham joriy etiladi. “Yumshoq ayiqcha kasalxonasi”da barcha tibbiy jarayonlardan odamlar emas, bolalarning o‘yinchoqlari o‘tadi. Bolalarning o‘zlari esa maxsus “Simulyatsiya xonalari”da kichik shifokorlar vazifasini bajaradi. Ular yangi kasalxonada bo‘lishga ulgurdi va bundan og‘izlari quloqda. Manba: Daryo.uz
|
Dunyoda uxlashni yaxshi ko‘rmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Lekin tush ko‘rish ilm-fan paydo bo‘lganidan boshlab olimlarni qiziqtirib kelgan soha bo‘lishiga qaramay, uning sir-asrori hali ham oxirigacha o‘rganilmagan. Siz uyqu to‘g‘risida nimalarni bilasiz? Odam umrining uchdan bir qismi, ya’ni 25 yilga yaqini uyquda o‘tadi. Ayollar erkaklarga qaraganda deyarli 2 marta ko‘proq to‘yib uxlolmaslikdan aziyat chekadi. Ota-onalar oilada yangi inson dunyoga kelganining dastlabki ikki yilida 6 oyga yaqin tungi to‘liq uyqudan judo bo‘ladi. Uyqusiz o‘tkazilgan besh tundan keyin spirtli ichimliklarning organizmga ta’siri ikki baravar oshadi. Yurak xastaliklari, semirish, diabet uyqusizlik bilan bog‘liq. Muntazam ravishda tungi soat 00:00 va 03:00 orasida uyg‘onib ketuvchi odamlar tez vazn to‘plashi haqida isbotlanmagan gipotezalar mavjud. Tushingiz notanish odamlar bilan to‘la ekanligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Aslini o
...
Читать дальше »
|
4-may kuni Toshkentda Alisher Navoiy qalamiga mansub “Farhod va Shirin” dostonining ukrain tilidagi tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar bermoqda. Marosimda ikki mamlakatning ilmiy xodimlari ishtirok etadi. “O‘zbek adabiyotining rivoji va o‘zbek adabiy tilining shakllanishining muhim bosqichi Navoiydan boshlanadi. Buyuk shoir va mutafakkirning tili va yuksak adabiyoti jahon ijodiy intelligensiyasi orasidla o‘zbek xalqi haqida tasavvur uyg‘otadi” — ta’kidladi Ukraina milliy fanlar akademiyasi Ukrain tili instituti direktori Pavel Gritsenko. 1940-yillarda shoir Nikolay Bajan “Farhod va Shirin”ning uchdan ikki qismini ukrain tiliga o‘girgan edi. Ammo uning ishi ko‘p yillardan so‘ng yakuniga yetkazildi. Ishlab chiqilgan format negizida kitobni ingliz va boshqa tillarda chop etish rejalashtirilmoqda. Manba: Daryo.uz
|
Anonymouse rassomlar guruhi Shvetsiyaning Malmyo shahrida sichqonlar uchun attraksionlar xiyoboni o‘rnatdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Xiyobonda charxpalak, tir, bodroq sotuvchi aravacha va hatto chipta sotuvchi kassa ham joylashtirilgan. Qorong‘u tushgach xiyobon chiroqlar bilan yoritiladi.
|
Sport nafaqat qomatni yaxshilaydi, balki hayotdan lazzatlanish darajasini oshirish bilan bizning ruhiy sog‘lig‘imizni ham mustahkamlaydi. Lekin uning bunday ijobiy ta’sirining aniq sababi nimada?
Mashqlar baxt gormonlari oshishiga sabab bo‘ladi
Odamlar — juda qarama-qarshi mavjudotlar hisoblanadi. O‘zimizni yaxshi his qilishimiz uchun bizga avval stress kerak bo‘ladi. Mashq qilishni boshlaganingizdan so‘ng, organizm og‘irliklardan stress holatiga tushadi va miyaning neyrotrofik omili deb ataluvchi oqsil ajratib chiqaradi. Bu zarar uchun kompensatsiya sifatida miyani ko‘proq endorfin (quvonch gormonlari) ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Jismoniy harakatdan so‘ng qattiqroq uxlaysiz
Kam uxlash ko‘plab, semizlikdan tortib saratongacha bo‘lgan kasalliklar xavfini tug‘diradi. Uyqu sifatini yaxshilash uchun kunduzgi vaqtlarda to‘liq harakatda bo&lsq
...
Читать дальше »
|
Ismlar ma'nosi / Исмлар А АББОС (а.)- қовоғи солиқ, хўмрайган, жиддий. Баъзи болалар шу ҳолатда туғилади. АБДУЛАЗИЗ (а.) - иззат ва куч-қудрат соҳиби бўлган ғолиб Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛАЗИМ (а.) - буюк Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛВАЛИ (а.) - дўст, мададкор Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛВАҲҲОБ (а.)- барча учун ўз неъматларини текин ато этувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛВОҲИД (а.)- битта, ягона, танҳо бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЖАББОР (а.) - бандаларнинг ишларини ислоҳ қилувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЖАЛИЛ (а.)- барча жиҳатдан мукаммал ва гўзал улуғ Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЛАТИФ (а.)- лутфу эҳсон, чексиз марҳаматлар соҳиби бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛАҲАД (а.)- якка-ягона бўлган Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛКАРИМ (а.)- карим қилувчи, саховат кўрсатувчи ва бандаларининг гуноҳларини кечирувчи, авф этувчи Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛЛОҲ (а.)- Аллоҳнинг бандаси. АБДУЛМАЛИК (а.)- подшоҳ Аллоҳнинг бандаси.
...
Читать дальше »
|
Bora-bora ko‘proq kasb va hunarlar robot va mashinalarga topshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti samaradorlikka chaqiradi, shuning uchun korxonalar yoki do‘konlar o‘z ishchisini to‘lash kerak bo‘lmagan va xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydigan avtomat bilan almashtirmoqda. Aslini olganda, bu yangilik emas, texnologiyalar rivojlanavergani sari bir kasb o‘rnini boshqasi egallab boradi. Quyida e’tiboringizga texnologiyalar taraqqiyoti sharofati bilan yo‘qolib ketgan kasblarni havola eramiz. Uyg‘otuvchi odam (inglizchada knocker-up deb atalgan) Ushbu kasb Angliya va Irlandiyada sanoat inqilobi davrlarida mavjud bo‘lgan va o‘tgan asrning 20-yillaridagina — budilnik soat keng tarqalgach, o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. Tadbirkorlar bunday kishilarni ishchilarni smenadan oldin uyg‘otishi uchun yollagan: ular tongda shaharni kezib, uzun tayoq bilan uylarning derazalarini taqillatib yurgan. Ma’ruzachi Hozirda ma’ruzachi deganda universitet domlasi ko‘z oldimizg
...
Читать дальше »
|
|