Zarur masalliqlar: qiyma uchun: 800 gr. mol go`shti qiymasi, yarim bosh piyoz, 1 dona tuxum, 1 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq non tolqoni, tuz, murch; ichiga solishga: 200 gr. tuzlangan qo`ziqorin, yarim bosh piyoz, 1–2 bo`lak brokkoli, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq non tolqoni, o`simlik yog`i, tuz, murch; quymoq uchun: 3 dona tuxum, o`simlik yog`i, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Avvalo go`sht qiymasiga maydalangan piyoz va sarimsoqpiyoz, tuxum, non tolqoni, tuz va murchni qo`shib, yaxshilab aralashtiring.

2. Tuxumga tuz qo`shib, engil ko`pirtiring-da, ozgina o`simlik yog`i solib qizdirilgan kattaroq tovada pishirib oling.

3. Tuzlangan qo`ziqorin va piyozni maydalab to`g`rab, o`simlik yog`ida qovuring. Brokkoli gullarini 3 daqiqa tuzli suvda qaynatib olib, so`ngra maydalab to`g`rang-da, qo`ziqoringa qo`shing. Tuxum, tuz va non tolqonini qo`shishni µam unutmang.

4. Zar qog`ozni gaz patnisi ustiga joylang-da, go`shtli qiymanisoling. 2 sm. qali ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 31.05.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 200 gr. uvadalanuvchi pechene, 75 gr. sariyog`; ichiga solishga: 600 gr. tvorog, 300 ml. smetana, 180 gr. shakar, 3 dona tuxum, 3 osh qoshiq kraxmal, yarimta limon sharbati, 1 o`ram vanilinli shakar; bezak uchun: 500 gr. qulupnay, 2–3 osh qoshiq shakar, jele.

Tayyorlanishi: 1. Pechenelarni blenderda yaxshilab ezing. Muzlatilgan sariyog` bo`laklari solib, aralashtirishda davom eting.

2. Aralashmani aylanasi 22 sm. bo`lgan solipga tekis qilib solib, 160 darajada qizdirilgan gaz pechiga 10–15 daqiqaga qo`ying.

3. Tvorog va tuxumni aralashtiring, Mahsulotlar xona haroratida bo`lishiga e`tibor bering.

4. Endi qolgan mahsulotlarni solib arashlashtirishda davom eting. Ko`pirtirish shartmas. Agar masalliq juda quyuq bo`lib ketayogan bo`lsa, yana ozgina smetana qo`shish mumkin.

5. Biskvit qolipining atrofini 2 qavat qilib zar qog`oz bilan o`rang. Biskvit ustiga tvorogli aralashmani soling.

6. Qolipn ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 09.05.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: xamiriga: 500 gr. un, 250 ml. sut, 100 ml. o`simlik yog`i, 2 osh qoshiq shakar, 10 gr. quruq xamirturush, 2 dona tuxum, tuz; qiymasiga: 300 gr. qaynatilgan mol go`shti, 1 bosh piyoz, yarim bog` ko`kpiyoz, tuz, murch; ustiga surtishga: 1 dona tuxum sarig`i, 1 osh qoshiq sut.

Tayyorlanishi: 1. Quruq mahsulotlarni aralashtiring. Iliq sut, o`simlik yog`i va tuxumni qo`shib, yumshoqqina xamir qoring. Zuvala yasagach, o`simlik yog`idan surtib, ustini sellofan va sochiq bilan yoping-da, 1 soatga issiq joyga qo`ying.

2. Oshgan xamirni yana bir bor qorib, ustini yoping-da, 30-40 daqiqa kuting.

3. Qaynatilgan mol go`shtini go`shtqiymalagichdan o`tkazing. Piyozni esa maydalab to`g`rab, qizdirilgan o`simlik yog`ida yaxshilab qovuring. So`ngra go`shtni qo`shib, tuz, murch sepib aralashtiring.

4. Past olovda go`shtni dimlagach, maydalangan ko`kpiyozni solib, bir aralashtiring-da, olovdan oling.

5. Xamirni 12 bo`lakka ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 11.03.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 200 gr. un, 150 grammdan sariyog` va shakar, 30 gr. mak, 3 dona tuxum, 3 osh qoshiq sut, 1 choy qoshiqdan xamiryumshatgich va vanilinli shakar, 2 ta limon qirindisi; ustiga sepishga: 100 ml. limon sharbati, 100 gr. shakar.

Tayyorlanishi: 1. Sariyog`ni shakar va vanilinli shakar bilan birga mikser yordamida ko`pirtiring.

2. Tuxumni donalab qo`shib ko`pirtirishda davom eting.

3. Limon qirindisini sut bilan alohida idishda aralashtirib, sariyog`li masalliqqa qo`shamiz.

4. Endi un, xamiryumshatgich va makni alohida aralashtirib solamiz.

5. Xamirni mikser yordamida yaxshilab aralashtirgach, 170 darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga qo`ying.

6. Limon sharbatiga shakarni solib, olovga qo`ying. Aralashtirib turgan holda shakar eriguncha qaynating.

7. Keks ustiga limonli aralashmadan quyib, maydalangan yong`oq mag`zidan seping.

1 soatu 25 daqiqa

7 kishilik ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 07.03.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 100 gr. dudlangan go`sht (kolbasa), yarim banka konservalangan ko`k no`xat, 3 donadan qaynatilgan kartoshka va tuxum, 3 ta rediska, bitta bodring, rayhon, kreker pechenesi, mayonez, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Bodring, dudlangan go`sht, qaynatilgan kartoshka va tuxumni to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang. Tuxum sarig`idan ozgina bezak uchun olib qo`yishni unutmang.

2. To`g`ralgan masalliqlarni aralashtirib, konservalangan ko`k no`xat va mayonez qo`shing. Tuz seping.

3. Salatni piyolaga soling. So`ngra likopga piyolani to`ntaring. Endi salat ustiga va atroflariga mayonezdan surting.

4. Salat atrofiga krekerlarni yopishtirib chiqing.

5. Rediskalarni aylana shaklda yupqa qilib to`g`rang-da, salat ustida gullar yasang. «Gul»lar o`rtasiga mayda tishli qirg`ichdan o`tkazilgan tuxum sarig`idan soling. Atrofiga esa yalpiz barglarini qadab chiqing.

30 daqiqa

4 kishilik

-Lo`l ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 07.03.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 2 kg. sazan balig`i go`shti, 150 ml. smetana, 100 ml. o`simlik yog`i, 100 gr. un, 100 ml. suv, 1 bosh piyoz, 1-2 bo`lak sarimsoqpiyoz, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baliq go`shtini kattaroq bo`laklarga bo`ling. Tuz sepib, unga belab oling. So`ngra qizdirilgan o`simlik yog`ida ikkala tomonini ham qizartirib, 15 daqiqalar qovuring.

2. Piyozni aylana shaklda to`g`rab, sarimsoqpiyozni ezib, qovurilayotgan baliqqa qo`shing.

3. 3-4 daqiqalardan so`ng smetana, qora murch va tuz solib, suv quying. 20 daqiqa dimlasangiz, taom tayyor!

1 soat

8 kishilik
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 07.03.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 250 gr. shakar, 3 stakan un, 150 gr. sariyog`, 4 dona tuxum, 1 osh qoshiq smetana, 10 gr. xamiryumshatgich, pichoq uchida vanilin; ichiga solishga: 400 gr. konservalangan shaftoli mevasi, 80 gr. yong`oq mag`zi, 2 o`ram vanilinli puding.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum sarig`ini 50 gr. shakar bilan aralashtiring.

2. Eritilgan sariyog` sovigach, smetana bilan tuxum sarig`iga solib, un va xamiryumshatgichni ham qo`shing. So`ngra xamirni aylana shakldagi yog`langan qolipga soling.

3. Tuxum oqini qolgan shakar bilan ko`pirtiramiz. Vanilinli pudingni ham solib, mikser bilan aralashtirishda davom etamiz.

4. Xamir ustiga konservalangan shaftolilarni terib chiqing. So`ngra tuxum oqili aralashmani quying-da, maydalangan yong`oq mag`zidan seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi.

2 soat

8 kishilik
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 07.03.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 400 gr. tovuq go`shti, 200 gr. dimlab pishirilgan guruch, 150 gr. konservalangan ko`k no`xat, 50 ml. soya sousi, 3 dona tuxum, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 bosh piyoz, bitta sabzi, o`simlik yog`i, ko`kpiyoz.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini o`rtacha kattalikda bo`laklarga bo`ling. Piyoz va sabzini to`rtburchak shaklda, kichikroq qilib to`g`rang.

2. Qizdirilagn o`simlik yog`ida tovuq go`shtini biroz qizartirib qovurib oling.

3. Piyoz va sabzini esa to yumshaguncha pishirasiz.

4. Ko`kpiyozni mayda to`g`rab, qizdirilgan yog`da 30 soniya qovurgach, tuxumlarni chaqasiz va atalab pishirasiz. So`ngra tovuq go`shti va sabzini qo`shib aralashtirasiz.

5. 5 daqiqadan so`ng guruch, ko`k no`xat va maydalangan sarimsoqpiyoz solib, taomni 10 daqiqacha dimlaysiz. Pishishiga 3–4 daqiqa qolganida soya sousini solish kerak.

4 kishilik

50 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 19.02.2018 | Комментарии (0)


Sizga mazali va foydali pirog tayyorlashni tavsiya qilamiz. Shirinlikning tarkibi unchalik murakkab emas, mazasiga esa gap yo‘q.

Masalliqlar

Sharchalar uchun:

300 g tvorog (yog‘liligi 1%)
3 dona tuxum sarig‘i
80 g shakar
60 g kokos qirindilari
4 osh q. kraxmal
Xamiri uchun:

5 dona tuxum
50 g shakar
60 g shokolad
3 osh q. un
3 osh q. kraxmal
4 osh q. kakao
½ ch. q. tuz
3 o‘ram vanilli shakar
½ ch. q. yumshatuvchi
Sharchalarni tayyorlash

Boshida tvorogli sharchalarni tayyorlash kerak. Ko‘rsatilgan hamma masalliqlarni olamiz: tvorog, tuxum sariqlari, shakar, kokos qirindilari va kraxmal. Yaxshilab aralashtiramiz va hosil bo‘lgan aralashmadan kattaligi taxminan 3 santimetr bo‘lgan sharchalar yasaymiz.

Xamirini tayyorlash

Tuxumlarni olamiz, sariqlarini ajratamiz va ularni shakar bilan birga tekis va oqish ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 09.02.2018 | Комментарии (0)


Uyda tayyorlangan kunjutli kulchalarni butun oila bemalol nonushtada ham tanovul qilishi mumkin. Kulchalarning mazasi xuddi nonlarga o‘xshaydi.

Ko‘rsatilgan miqdordagi masalliqlardan o‘rtacha kattalikdagi 16 dona kulcha chiqadi.

Xamiri uchun:

suv 300 ml

zaytun yog‘i 2 osh. q.

shakar 1 osh. q.

tuz 1 ch. q.

yangi xamirturush 20 g

1-nav un 500 g

Kulchalarni moylash uchun:

tuxum sarig‘i 1 dona

suv 1 osh. q.

Kulchalarga sepish uchun:

qora kunjut 2 chimdim

kunjut 2 chimdim

1-qadam

Iliq suv solingan idishda xamirturush, tuz, zaytun yog‘i va shakarni aralashtiramiz, uning ustiga 500 gramm unni bo‘lib-bo‘lib elaymiz. Biroz unni elaymiz — xamirni aralashtiramiz, yana elaymiz — aralashtiramiz, 500 gramm un tamom bo‘lguncha shu tarzda davom ettiramiz.

2-qadam

Endi xam ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Админ | Дата: 07.02.2018 | Комментарии (0)


Bu mazali va xushbo‘y keksni tayyorlash haddan tashqari oson — bor-yo‘g‘i bir necha tadbirlarni amalga oshirasiz va juda yumshoq, xushbo‘y keks tayyor bo‘ladi!

Asosiy masalliqlar

200 g un
bir chimdim tuz
150 g shakar
10 g vanilli shakar
100 g o‘simlik yog‘i
3 ta tuxum
1 osh qoshiq yumshatgich
3 osh qoshiq mayiz
100 ml apelsin sharbati
1 choy qoshiq laym sedrasi
Duxovkani oldindan 170–180°C gacha qizdirishga qo‘ying. Bir idishda shakar, tuxum va vanilli shakarni yaxshilab ko‘pirtiring. Keyin yog‘ni, yangi siqilgan apelsin sharbatini qo‘shing va yana bir marta ko‘pirguncha yaxshilab aralashtiring. Unni yumshatgich va tuz bilan birga elang. Aralashmaning ustiga unni qo‘shing va yana bir marta mikser yordamida yaxshilab aralashtiring.

Mayizni bir osh qoshiq un bilan aralashtiring, xamir ichiga qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Diametri 26 sm bo‘lgan formaga pishirish uchun maxsus ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 18.01.2018 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 400 gr. go`sht qiymasi, 50 gr. pishloq, 3 dona tuxum, 1 donadan pomidor va bodring, 3 osh qoshiqdan o`simlik yog`i va sut, ko`katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni ko`pirtirib, tuz va ko`katlarni qo`shing.

2. Go`sht qiymasini sellofan ustiga soling-da, jo`va bilan yoying.

3. Qizdirilgan o`simlik yog`iga avval atalangan tuxumni, keyin go`sht qiymasini soling. 15 daqiqa past olovda qopqog`ini yopib qovuring.

4. Go`shtli brizol pishgach, ustidan qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq seping-da, sabzavot bo`laklari va ko`katlarni solib, o`rang.

1 kishilik

25 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 23.08.2017 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 1,5 kg. kartoshka, 1 kg. mol tili, 100 ml. qaymoq, 2 osh qoshiqdan sariyog`, un va suv, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Mol tilini suvga solib, 2 soat qozonning qopqog`ini yopgan µolda qaynating. Bir qaynab chiqqach, yuzasidagi ko`pikni olib tashlashni unutmang.

2. Kartoshkalarni aylana shaklda, 3 mm. qalinlikda to`g`rang.

3. Sariyog`ni past olovda eritib, unni qo`shing-da, aralashtirib, jigarrang tusga kirguncha qovuring. Keyin mol tilini qaynatgan sho`rvangizdan 50 ml.cha solib, aralashtirib turgan µolda qaynating. Yana 100 ml. sho`rvani quyib, 2 daqiqa qaynatib, olovni o`chiring.

4. Qaylaga tuz, murch seplgach, kartoshkani soling-da, yana 15 daqiqa o`rtacha olovda qoldiring.

5. Mol tilini 1 sm. qalinlikda to`g`rang. Keyin kartoshka bilan birga toblama qolipiga soling-da, tuz, murch sepib, qaymoqni ustidan quying. Taomni 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga qo`ying.

3 soatu 2 ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 17.08.2017 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: bitta o`rtacha kattalikdagi tarvuz, 200 gr qaymoq, 150 gr shakar, 100 gr bodom mag`zi, bezak uchun mevalar.

Tayyorlanishi: 1) Tarvuzning ikki tarafidan qalpoq ko`rinishida kesing. So`ng suratda ko`rsatilganidek ichini ajrati ng. 2) Qaymoqqa shakarni aralashtirib, mikser yordamida ko`pirtiring. Tarvuz bo`lagiga qaymoqni surtib, atrofini bodom mag`zi, ustini mevalar bilan bezating.

Tayyorlanish vaqti : 15 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 07.08.2017 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 600 gr. mol go`shti qiymasi, 1 donadan sabzi va tuxum, 1 bosh piyoz, o`simlik yog`i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Maydalab to`g`ralgan piyoz va qirg`ichdan o`tkazilgan sabzini qizdirilgan o`simlik yog`ida qovuring. Tuz, murch sepishni unutmang.

2. Sabzavotlar pishishiga oz qolganida tuxumni qo`shing. Olovni pastlab, 2 daqiqa qoldiring.

3. Go`sht qiymasini to`rt bo`lakka bo`lib, har birini aylana shaklda yoying.

4. Endi go`sht qiymasi o`rtasiga sabzavotli qayladan solib, rulet shaklida o`rang.

5. Ruletlarni qizdirilgan o`simlik yog`ida o`rtacha olovda ikkala tomonini ham qizartirib qovuring. Keyin olovni pastlab, tovaning qopqog`ini yopib 15-20 daqiqa dimlang.

1 soat

4 kishilik
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 05.08.2017 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog, 160 gr. shakar, 25 gr. kartoshka kraxmali, 5-6 ta yangi olma, 4 dona tuxum, dolchin.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum va shakarni engil ko`pirtiring. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ni qo`shib, aralashtiring. Endi un, xamiryumshatgich va tuz solib, xamir tayyorlaymiz.

2. Xamirdan zuvala yasab, sellofanga o`rang-da, 20-30 daqiqa muzlatkichga qo`ying.

3. Tvorogni elakdan o`tkazing. Tuxum, shakar va kraxmalni qo`shing.

4. Xamirni aylana shakldagi pishiriq qog`ozi joylangan qolipga solib, qo`lingiz bilan yoying, keyin atroflarini ko`tarib chiqing.

5. Xamir ustidan tvorogli aralashmani solamiz. Yuzasiga yarim oy shaklida to`g`ralgan olma bo`laklarini joylab, dolchin seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi. Pirogni sovitgach, 1 soat muzlatkichga ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 02.08.2017 | Комментарии (0)


Zarur masalliqlar: 500 ml. zardob, 200 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 100 gr. konservalangan makkajo`xori, 3 dona qaynatilgan tuxum, bittadan bodring va qaynatilgan kartoshka, yarim bog` shivit, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go`shtini terisini olib tashlab, to`rtburchak shaklda to`g`rang. Bodringni ham po`stidan tozalab xuddi shu shaklda bo`laklaysiz.

2. Qaynatilgan kartoshka va tuxumni ham to`rtburchak shaklda to`g`raysiz.

3. To`g`ralgan masalliqlarni aralashtirib, maydalangan shivit va konservalangan makkajo`xorini qo`shing. Keyin zardobni quyib, tuz seping-da, yarim soat muzlatkichda qoldiring.

2 kishilik

45 daqiqa
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 31.07.2017 | Комментарии (0)


Sovuq suli yormasi — foydali va mazali nonushta. Uni tayyorlash juda oson. Sizdan bor-yo‘g‘i kechqurun kerakli masalliqlarni to‘plab birga qo‘shish va sovitgichga qo‘yish talab qilinadi. Bu suli yormasi uchun har qanday nachinkalar ham bo‘laveradi.

1 banka uchun asosiy retsept

Masalliqlar:

0,25 stakan butun suli yormalari (maydalanmagan va tez tayyorlanmaydigan)
0,3 stakan sut
0,25 stakan grekcha yogurt
1,5 choy qoshiq chia urug‘i
1 choy qoshiq asal
plastik qopqoqli 200 ml (1 stakan) hajmdagi banka
Ta’bga ko‘ra ichiga solinadigan “nachinkalar”:

yarimta mango va 1/8 choy qoshiq bodom ekstrakti
0,25 stakan chernika va 2 choy qoshiq zarang qiyomi
0,25 stakan olma pyuresi va 0,5 choy qoshiq ezilgan dolchin
0,25 stakan mayda to‘g‘ralgan banan va 1 osh qoshiq kakao kukuni
0,25 stakan mayda to‘g‘ralgan banan va 1 osh qoshiq yeryong‘oq yog‘i
0,25 stakan ikkiga ajrati ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 18.07.2017 | Комментарии (0)


Qora muzqaymoq oxirgi paytlarda moda trendiga aylandi. Biz hammamiz oq yoki har xil rangdagi muzdek shirinlikka o‘rganib qolganmiz.

Qora muzqaymoq g‘oyasi dastlab Yaponiyada tug‘ilgan, keyin esa tezlik bilan Amerika va boshqa mamlakatlarga tarqaldi.

Albatta, qora muzqaymoqni hamma tatib ko‘rishni xohlaydi, chunki ko‘pchilik uning o‘ziga xos rangidan tashqari ajoyib mazasi to‘g‘risida ham gapirmoqda.

Qora muzqaymoqni sotib olishga urinib ko‘rish mumkin, lekin uni o‘z qo‘llarimiz bilan tayyorlasak qiziqarliroq bo‘ladi. Buning ustiga kerakli masalliqlarni topish qiyin emas.

Zarur masalliqlar:

250 ml yog‘li sut,
250 ml yog‘li qaymoq,
4 dona tuxum sarig‘i,
4 osh qoshiq qora kunjut pastasi,
0,5 piyola shakar,
10 g vanilli shakar.
Tayyorlanish usuli:

Devori qalin idishda sutni qaymoqning yarmi bilan aralashtiring. Sutli aralashmani o‘rta olovga qo‘ying va qaynash holatigacha ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 15.07.2017 | Комментарии (0)


Yoz uchun bop bo‘lgan yaxna sho‘rva uchun zardobni tayyor holda do‘konlarda sotib olishingiz yoki uyda o‘zingiz tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun qatiqni idishga solib, olovga qo‘ying. Qaynab chiqqach, past olovda biroz tuting, qatiq tvorog va zardobga ajralib qoladi, shunda zardobni sizdirib olishingiz mumkin. Tvorogni ham bemalol iste’mol qilishingiz mumkin.

Zarur masalliqlar:

2 litr qatiq yoki zardob
100 ml smetana
200 g qaynatilgan go‘sht
2 ta tuxum
2 ta kartoshka
2 ta bodring
200 g rediska
yarimta limon
1 bog‘ ko‘kat
ta’bga ko‘ra murch
ta’bga ko‘ra tuz
Tayyorlanishi:

Tuxumni qattiq qilib qaynating, sovitib, tozalang va katta-katta kubik shaklida to‘g‘rang.

Kartoshkani po‘sti bilan qaynating, sovitib, tozalang va uni ham kubik qilib to‘g‘rang.

Bodring va rediskani ham shunday shaklda to‘g‘rang. Ko‘katni maydalang. Qaynatilgan go‘shtni ham ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi |  Добавил: Admin | Дата: 14.07.2017 | Комментарии (0)

1 2 3 4 5 »