Amerikaning Shimoli-G`arbiy universitetida tarixdagi eng boy odam ma`lum qilindi, deya ta`kidlamoqda RIA Novosti nashri.

1375 yili tuzilgan xaritada Malorka orolida yashab o`tgan qirol Mansa Musaning tasviri tushirilgan.

Mansa Musa to`qqizinchi asrda Mali davlatini 30 yilga yaqin boshqargan. Musa hududdagi oltin qazib olishni butunlay nazorat qilgan va uning eksportidan juda katta foyda ko`rgan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Olimlarning aytishicha, ortiq darajadagi jismoniyfaollik keksa ayollarning hayoti davomiyligiga salbiy ta`sir etadi, deb ma`lum qilmoqda Izvestiya nashri.

1 soatlik jismoniy faollik yoshi katta erkaklar uchun foyda bo`lsa, yoshi o`tib qolgan ayollar uchun zarar ekan. Ayollar 30-60 daqiqa sport bilan shug`ullanishning o`zi kifoya qilar ekan.

Ayollar qomatini joyida ushlashsa, vaznga e`tibor berishsa, shuning o`zi etarli, deyishmoqda olimlar.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Insoniyat uchun eng asosiy tahdid ma`lum qilindi, deya xabar qildi Science Alert nashri.

Xalqaro olimlar guruhi shunday xulosaga kelishdiki, insoniyat uchun semirish, to`yib ovqatlanmaslik va iqlim o`zgarishi asosiy xavf ekan.

Tadqiqotchilarning fikricha, semirish va ochlikka noto`g`ri iqtisodiy tizim sabab bo`layotgan ekan.

Qishloq xo`jaligi sanoati, transport, foydali qazilmalarni qazib olish iqlim o`zgarishi omiliga aylanayotgan ekan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Avstraliyaning shimoli-sharqiy hududlarida suv toshqinlari kuzatilmoqda, deya ma`lum qildi Report nashri.

Toshqin tufayli Kvinslend shtatida yuzlab uylardan odamlar evakuasiya qilingan. Bir necha kun ichida suv sathi keskin darajada ko`tarilib, rekord darajaga etdi. Xabarlarga ko`ra, ayni vaqtda 20 mingdan ortiq uy xavf ostida qolmoqda. Agar suv shu tariqa ko`tarilishda davom etsa, uylar butunlay vayron bo`lishi mumkin. Toshqin kuzatilayotgan joylar esa federal hukumat tomonidan falokat hududi sifatida e`lon qilingan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Vengriya poytaxti Budapeshtdagi qahvaxonada mijozlarga robot xizmat ko`rsatishni boshladi, deya ma`lum qilmoqda Layf.ru nashri.

Pepper nomli robot mijozlarni kutib oladi va ularni bo`sh stollarga taklif qiladi. Shundan so`ng taomnomani taqdim etadi. Texnikaning imkoniyatlari shu bilan tugagani yo`q. Pepper buyurtmani olib kelgan vaqtda sizdan hol-ahvol so`rab, biror hazil qilib, kayfiyatingizni ko`tarishga harakat qiladi. Mijozlar uning kerakli funksiyasini bosib, robotning xizmatini tanlashlari mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


AQSh bo`ylab kuchli qor bo`ronlari va o`ta sovuq havo harorati hukm surmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.

Mamlakatning bir qator shtatlari ayni kunlarda qalin qor ostida qolmoqda. Bu holat ayni vaqtda 55 million amerikaliklarga o`z salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Hozirda Missisipi, Alabama, Ayova kabi shtatlarda favqulodda holat joriy etildi. Odamlardan iloji boricha uydan chiqmaslik so`ralgan. Ayrim manbalar esa sovuq harorat tufayli 5 kishi halok bo`lgani to`g`risidagi xabar tarqatmoqda. Ayniqsa Qo`shma shtatlarning shimoliy qismida harorat tobora pasayib bormoqda. Soha mutaxassislari hafta so`ngiga qadar ko`rsatgich -53 darajagacha tushib ketish haqida ogohlantirishgan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


Yangi va Eski qo'shiqlar to'plami sayti! Muzmega.net скачать песню бесплатно. скачать песню бесплатно

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 27.05.2018 | Комментарии (0)


AQSh fuqarolik huquqlarini himoya qilish ittifoqi (ACLU) IT-kompaniyalarni Telegram’ga blokirovkaga qarshi yordam berishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Tashkilot vakillarining so‘zlariga qaraganda, Amazon, Google, Apple va Microsoft messenjerga o‘z platformalarini ochib berishi lozim, bu inson huquqlarini ta’minlash va senzuraga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur.

Oldinroq Rossiyaning “Roskomnadzor” agentligi rahbari Aleksandr Jarov Amazon va Google’ning Telegram blokirovkadan qochish uchun foydalanayotgan IP-manzillari bloklanayotganini bildirgan edi.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 21.04.2018 | Комментарии (0)


AQShning Keys Vestern universiteti qoshidagi Stomatologik tibbiyot maktabi olimlarining aniqlashicha, ibuprofen va yallig‘lanishga qarshi boshqa nosteroid preparatlar tish og‘rig‘i vaqtida opioiddan ko‘ra yaxshiroq yordam beradi. Bu haqda MedicalXpress xabar qildi.

Shifokorlar tish og‘rig‘ini yengillashtiruvchi dorilarning samaradorligi va xavfsizligi tahliliga bag‘ishlangan beshta tadqiqotning tizimli kuzatuvini olib borgan. Mutaxassislarning fikricha, narkotik moddalarni faqat favqulodda holatlarda qo‘llash mumkin, chunki ular ko‘p miqdorda qo‘llanganda zarar yetkazishi mumkin. Salomatlik milliy institutining ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni 115 nafar amerikalik opioidlarning ortiqcha dozasi sababli vafot etadi.

Tadqiqotchilarning xulosasiga ko‘ra, xavfsiz va samarali bo‘lgan eng yaxshi vosita atsetaminofen bilan yoki usiz qo‘llanilgan nosteroid preparatlar hisoblanadi.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 21.04.2018 | Комментарии (0)


“Telegram" advokati Pavel Chikovning ijtimoiy tarmoqlardagi qaydlariga asoslanib, messenjer yuristlari “Roskomnadzor” ustidan Rossiya Federasiyasi Bosh prokuraturasiga arz qilmoqchi.

Pavel Chikovning qaydlariga ko`ra “Telegram" manfaatlarini himoyalovchi tashkilot “Agora”ga messenjer bloklangani uchun o`z saytlariga kirish ruxsatini yo`qotgan 73 nafar kishi murojaat qilgan. Advokat shu kabi hollarda ko`rilgan zararni aniqlash va sudga murojaat qilish qo`llanmasini e`lon qilganini ham bildirgan.

Chikov “Telegram" yuristlarining RF Bosh prokuraturasiga arz qilish muddatini joriy yilning may oyi boshiga to`g`ri kelishiga ishora qilgan.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 13 aprelida Moskva shahrining Tagan tuman sudi Rossiya Fedaral xavfsizlik xizmatiga shifrlash kalitlarini berishdan bosh tortgani uchun “Telegram"ni Rossiyada bloklash bo`yicha “Roskomnadzor” kiritgan da`voni qanoatlantirgan edi. Sud qaroriga ko`ra 16 apreldan “Telegram" Rossiyada bloklana ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)


Olimlar keksalarda oyoq mushaklarining tabiiy ravishda bo`shashib, kuchsiz bo`lib qolishi bir qancha nerv faoliyati to`xtashi bilan bog`liq ekanini aniqladi.

168 nafar erkakning hayoti va salomatligi uzoq muddat kuzatilgani natijasida ular 75 yoshga yaqinlashgan davrda oyoq mushaklarini nazorat qiluvchi nervlar qariyib 30 foiziga kamayib ketgani aniqlandi.

Fiziologiya jurnalida chop etilgan maqolada keksalarning oyoq mushaklari bo`shashishi oqibatida ular yurishga va zinalardan tepaga ko`tarilishga qiynalishi, bu hol vaqt o`tgan sari yomonlashib borishi qayd etilgan.

Manchester universiteti professori Jeymi MakFiyning aytishicha, inson oyoqlari harakatini umurtqa pog`onasi bo`ylab kelgan 60-70 mingta nerv boshqaradi.

“Tadqiqotlar mushaklarni nazorat qiladigan nervlar keksaygan paytda 30 – 60 foizga yo`qotilganini ko`rsatdi. Mushaklar normal ishlab biz bemalol yura olishimiz uchun nerv tizimi orqali signallar muntazam kelib turishi ker ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)


Bugungi kunda pensiya yoshi O`zbekiston Respublikasida nafaqat Evropa, Amerika, Osiyo mamlakatlari orasida, balki MDH davlatlari ichida ham eng kichik hisoblanib, muddatidan avval pensiyaga chiqish huquqini hisobga olgan holda, o`rtacha erkaklarda 58 va ayollarda 53 yoshni tashkil etadi.

Ma`lumotlarga qaraganda, pensiya yoshi jahonda o`rtacha 65 yosh. Mustaqil davlatlar hamdo`stligi davlatlarida bu ko`rsatkich erkaklar uchun 63 va ayollar uchun 58 yoshni tashkil etadi. Misol uchun, Tojikiston va Qirg`izistonda pensiya yoshi tegishlicha 63 va 58 yosh, Turkmanistonda tegishlicha 62 va 57 yosh bo`lsa, Qozog`istonda erkaklarda 63, ayollarda 58,5 yoshdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya konsepsiyasi aholi turmush farovonligini oshirish, kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bo`lgan shaxslar, yolg`iz keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa aholi qatlamlariga moddiy va ma`naviy yordam qo`lini cho`zishda o`z aksini topmoqda.
... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)


Bugun Moskvaning Tagan tuman sudi “Roskomnadzor” ga apellyasiyani kutmasdanoq “Telegram”ni Rossiyada zudlik bilan bloklashga ruxsat berdi, deb xabar beradi RIA Novosti .

Sud qaroriga ko`ra "Telegram" Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga shifrlash kalitlarini taqdim qilmagunicha bloklanadi.

Qayd etishilicha, tez tugagan sud majlisida “Roskomnadzor” va FXX vakillari maxsus xizmatlarga shifrlash kalitlarini topshirmaslik davlat va jamiyat manfatlariga tahdid solish ekanligini bildirgan.

Sudda "Telegram" yuristlari ishtirok etmagan. Bu holat Pavel Durov “Roskomnadzor”ning messenjerni bloklash bo`yicha arizasini ko`rib chiquvchi sud jarayonida kompaniya yuristlarini ishtirok etishni taqiqlagani bilan izohlangan.

Huquqni himoya qilish tashkiloti “Agora”ning vakili Dmitriy Kolbaskinning so`zlariga ko`ra, yuristlar sud qarori yuzasidan shikoyat qiladi. Shu bilan birga Telegram o`z pozisiyasini o`zgartirmaydi. Mesenjer foydalanuvchilarining sh ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 15.04.2018 | Комментарии (0)


Aslida mo`jiza emas narsaning o`zi yo`q, ammo...
1. Albert Enshteyn 9 yoshigacha to`g`ri gapirolmasdi.
2. Amerikada har soatda 40 kishi rakdan vafot etadi.
3. Oyna sinsa, uning parchalari soatiga 300 kilometr tezlikda atrofga tarqaladi.
4. AQShning sobiq prezidentli J. Kennedi 20 daqiqada to`rtta gazeta o`qiy olardi.
5. Oydin kechada 2000 yulduzni ko`rish mumkin.
6. AQShda 20–29 yoshlar orasidagi qora tanli yigitlarning uchdan biri mahbus yoki nazoratda.
7. Inson umri davomida ikkita hovuz suviga teng tupurar ekan.
8. Otlarda insonlarga nisbatan 18 ta ortiqcha suyagi bor.
9. Ayiq inlarining og`zi har doim shimolga qaragan bo`ladi.
10. Boyqush moviy rangni ko`ra oladigan yagona qush.
11. Bethoven musiqa yaratishdan avval boshini sovuqqa suvga tiqib olardi.
12. Tuyaqushning ko`zi miyasidan katta.
13. Erkak kishi umrining o`rtacha 3350 soatini soqol olish bilan o`tkazadi.
14. Suvarak boshi ta ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 15.04.2018 | Комментарии (0)


Kokshetauda yashovchi ayol o`z uyi garajidagi avtomobilda eri va notanish qiz jasadiga duch keldi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

"Kokshetau IIB tezkor boshqaruv markazi maxsus liniyasiga 3 aprel kuni 21.13da qo`ng`iroq bo`ldi: ayol o`z uyida, temir garaj ichida 1984 yilda tug`ilgan turmush o`rtog`i va notanish qiz jasadini aniqlagani haqida xabar qilgan", — deb yozadi nashr.

Hodisa joyiga etib kelgan tergov-tezkor guruhi 1992 yilda tug`ilgan qiz shaxsini aniqlashtirgan.

Tashqi tomondan qiynoq belgilari bo`lmagan jasadlar morgga jo`natilgan, ekspertiza tayinlangan.

Polisiya xabariga ko`ra, o`limning dastlabki sababi — ugar gazdan zaharlanish ekanligi aytilmoqda.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 04.04.2018 | Комментарии (0)


Tojikistonning Istaravshan shahar shifoxonasining jonlantirish bo`limida qaynab turgan sumalak qozoniga tushib ketgan 4 yoshli bola halok bo`ldi, deb xabar beradi News.tj nashri.

Kasalxona shifokorining so`zlariga qaraganda, 4 yoshli Rustambek Qodirov 21-mart kuni Istaravshan shahrida qaynab turgan sumalak qozoniga tushib ketgan, natijada bola tanasining 75 foizi kuygan.

«Bola 27 mart kuniga qadar reanimasiya bo`limida so`n`iy nafas olish apparatiga ulangan holda saqlab turilgan. Bolaning hayotini saqlab qolish uchun shifokorlar barcha choralarni ko`rdilar. Ammo bolaning nafas yo`llari butunlay kuyganligi sabab, bola 27-mart kuni kechasi vafot etdi», deb ma`lum qilinadi xabarda.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 31.03.2018 | Комментарии (0)


Xitoyning IAT kompaniyasi qiymati 3,8 million dollarga bo‘lgan yangi Karlmann King yo‘ltanlamasini taqdim etdi, deb xabar berdi KNews. Mazkur avtomobildan atiga 10 nusxada ishlab chiqariladi.

Karlmann King’ga 460 ot kuchiga ega 6,8 litrli V10 dvigateli o‘rnatilgan. U 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi. Motor quvvati salkam 400 ot kuchini tashkil etadi, biroq maksimal tezligi soatiga 140 kilometrga teng.

Avtomobil salonida, qahva tayyorlagich, PS4 pristavkasi, televizor, yo‘lovchilar o‘rindig‘ini boshqarishga mo‘ljallangan maxsus dastur, 20 dinamikli audiotizim va sun’iy yo‘ldoshga ulangan internet mavjud. Salon shiftiga ega Rolls-Royce Phantom’da ishlatilgan yoritgich o‘rnatilgan.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 28.03.2018 | Комментарии (0)


Atom elektr stansiyasidagi fojeadan 7 yil o`tib 50000 aholi o`z uylariga qaytishlari lozim edi, biroq bu hamon orzuligicha qolmoqda.

Yaponiyaning sharqiy sohilidagi Okuma shahrida fojeadan avval 10 500 aholi istiqomat qilar edi. Ammo bugun hududdagi uylar xuvillab yotibdi. U Fukusima Daiichi atom elektr stansiyaga eng yaqin shaharlardan biri hisoblanadi. Boz ustiga fojeadan so`ng atom elektr stansiyasida zilzila va sunami oqibatida bir necha marotaba radiaktiv moddalarning sizib chiqishi oqibatida tozalash ishlari tugallanmagan, shahar hamon evakuasiya holatida turibdi.

Shaharda asosan keksa yoshdagi ko`ngillilardan tashkil topgan guruhlar kimsasiz uylardagi mol-mulklarni talon taroj etilishi yoki ularda yong`inlar yuzaga kelishini oldini olish maqsadida faoliyat olib bormoqda. Ular shubhali holat yoki begonalarning harakatini sezsalar bu haqda hokimiyat vakillariga ma`lum qilishadi. Shaharning ba`zi qismlariga fuqarolarning borishi ta`qiqlangan.

... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 09.03.2018 | Комментарии (0)


Xalqaro olimlar guruhi mutatsiyasi miya qarishini tezlashtiruvchi genlar guruhi va genlarni o‘zgartiruvchilarni identifikatsiya qildi. Bu haqda MedicalXpress press-relizida ma’lum qilindi.

Markaziy asab tizimi hujayralari muntazam o‘lib, tana hujayralarining bo‘linishi natijasida yangi neyronlar yuzaga keladi. Yosh o‘tishi bilan DNK faolligining o‘zgarishi tufayli neyronlarning holati yomonlashadi.

Tadqiqotchilar sichqonlarda keksayish bilan bog‘liq 250 dan ortiq genni aniqladi. Jumladan keksa hayvonlarda Dbx2 geni faollashadi.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga qaraganda, keksayish kemiruvchilar miyasiga qanday ta’sir qilishini tushunish tana hujayralari faolligi pasayishini aniqlash usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Manba: Daryo.uz

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 07.03.2018 | Комментарии (0)


Global Petroleum Prices xalqaro reyting agentligi har bir mamlakatdagi benzin narxidan kelib chiqib, dunyo davlatlari reytingini tuzdi. Bu haqda daryo.uz xabar qildi
Ro'yxatda Venesuela yetakchilik qildi, u yerda benzin narxi atigi 1 sentga teng. Keyingi o'rinlarda — Sudan (34 sent), Kuvayt (35), Eron (36), Misr va Jazoir (37 sentdan).
Reytingning eng pastki o'rinlarini Islandiya (benzinning narxi balandligi bo'yicha yetakchi — 2,08 dollar), Gonkong (2,02) va Norvegiya (2 dollar) band etdi.
2018 yil 26 fevral holatiga ko'ra, O'zbekiston 96 sent narx bilan ro'yxatning 39-pog'onasida joylashdi. Mintaqaning boshqa mamlakatlari reytingda balandroq pog'onalarni egalladi: Turkmaniston — 7-o'rin (43 sent), Qozog'iston — 14-o'rin (55 sent), Qirg'iziston — 19-o'rin (65 sent). Tojikiston reytingga kiritilmadi.
Rossiya ro'yxatning 28-o'rnini band qildi (73 sent).
O'rtacha olganda benzin narxi bir litri uchun 1,15 dollarga teng bo'ldi.
Global Petroleum Pri ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari |  Добавил: Админ | Дата: 05.03.2018 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 11 12 »