14:38
"Ahmadboy" haqida kuylagan taniqli "yulduz" o`g`irlik qildi
Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasining “UzNews.uz” ga xabar berishicha, joriy yilning 11 yanvar kuni Quyichirchiq tumanidagi Nayman mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib xonadonida o`g`irlik sodir bo`lgani haqida xabr qilgan.

Toshkent viloyati IIB Tezkor guruhi voqea joyiga etib borgach, o`g`irlik sodir etilgan xonadondan 300 AQSh dollari, 100 ming so`m, narxi 600 ming so`mlik 1 dona tilla uzuk, narxi 200 ming so`m bo`lgan dur taqinchog`ini o`g`irlab ketilganini aniqlagan.

Voqeani o`rganish jarayonida IIB xodimlari, o`g`irlik joriy yilning 11 yanvar kuni soat 11:30 dan 16:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida uyda hech kim yo`qligidan foydalanib, deraza oynasidan kirgan noma`lum shaxs tomonidan qilinganini aniqlaganlar.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Quyichirchiq Abay mahalla fuqarolar yig`ini Nayman mahallasida yashovchi, muqaddam sudlanmagan, o`qimaydigan, ishlamaydigan lekin hammaga “Ahmadboy” akamni qo`yvorilar yoki “Ahmad, shaxmat, otangga ming rahmat” tarzidagi qo`shig`u latifalari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali mashhur bo`lgan Bektemir Rashidov sodir etganligi aniqlangan.

Tezkor harakatlar davomida “qahramon” qo`lga olingan bo`lib, hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1478 | Добавил: G‘anisher | Теги: Ahmadboy haqida kuylagan taniqli yu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar