22:05 Afrikada arslon o‘z sherigi uchun ovchilardan qasd oldi. Video | |
Dunyo bo‘ylab bir yilda 600ga yaqin sher o‘ldiriladi. Asosan Afrikada yashovchi bu hayvonlarning kelajagi xavf ostida. Afrikada ikki nafar ovchi-brakoner sher hujumi natijasida halok bo‘ldi. Ular o‘ldirgan boshqa bir arslonning jasadi ustida suratga tushishga shaylanayotgan paytda yirtqich ovchilarga tashlangan. Voqea Afrika savannasida yuz berdi. Ovchilardan biri ayol kishi bo‘lgan. Bu haqda “Day.az”yozmoqda. Ma’lumot o‘rnida, Afrikada hozirgi kunda 30 mingdan ortiq sher yashaydi. Bu hayvonlarning mazkur qit’adagi bir asr oldingi soni 200 mingdan ortiq bo‘lgan. Afsuski, har yili dunyoda 600ga yaqin sher ko‘ngilxushlik va boshqa maqsadlar uchun ovchi-brakonerlar tomonidan o‘ldiriladi. “Hayvonlar shohi”ga nisbatan insoniyat shunday munosabatda bo‘lishda davom etsa, ularning yaqin 50 yil ichida yo‘q bo‘lib ketishi hech gap emas. | |
|
Всего комментариев: 0 | |