20:57 9 may kuni Samarqandda ham g`alaba paradi o`tkaziladi | |
Samarqand viloyatida 9-may – Xotira va qadrlash kuni tantanalariga tayyorgarliklar davom etmoqda. Shodiyona kuni Momatsaro ona haykaliga gul qo`yish marosimi o`tkazilgach, Ko`k saroy maydonida Ikkinchi jahon urushi davrining harbiy texnikasi namoyish etiladi. Paradda urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari elektrokarlarda o`tishadi. Shuningdek, ularni dala oshxonasida tayyorlangan taomlar bilan siylashadi. "Zarafshon" nashri xabariga ko`ra, tadbirda “Nuroniy” jamg`armasiga 16 ta “Damas” va bitta “Captiva” avtomobillari topishirilishi marosimi o`tkaziladi. Faxriy nuroniylar uchun “Bog`ishamol Garden”da dasturxon yoziladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |