09:37 8 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti | |
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-8 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 0-5, Ustyurt bo`ylab kechasi 12-17, kunduzi 5-10, Xorazm viloyatida kechasi 7-12, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab ayrim joylarda kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, ba`zi joylarda 8-10 darajagacha sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, ayrim joylarda 8-10 darajagacha sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi. Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi. Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 8-13, baland tog` hududlarida kechasi 18-23, kunduzi 10-15 daraja sovuq bo`ladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |