14:49 73 NAFAR IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChISI PREZIDENT HISOBIDAN HAJGA YuBORILADI | |
Yurtimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining muborak Haj ziyoratiga borish bo`yicha bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamg`armasining taklifi inobatga olinib, ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo`lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Prezident tomonidan ajratilgan mablag`lar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan bo`ldi. Shu asosda “Nuroniy” jamg`armasi, Din ishlari bo`yicha qo`mita, mahalliy hokimliklar hamda boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida Haj ziyoratiga borish istagini bildirgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining ro`yxati shakllantirildi hamda ularning barchasi o`rnatilgan tartibda to`liq tibbiy ko`rikdan o`tkazildi. Ayni kunlarda 73 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Haj safariga borish taraddudini ko`rmoqdalar. Ular muhtaram Prezidentimizning xalq manfaati yo`lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari hamda nuroniy-faxriylarga ko`rsatilayotgan bunday yuksak e`tibor va g`amxo`rliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, doimo duoda ekanligini izhor etmoqdalar. Ta`kidlash joizki, Haj ziyoratini amalga oshirish istagini bildirgan eng yosh Urush qatnashchisi 89, eng keksasi esa 98 yoshda. Ro`yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |