14:51
3ta o'zbekistonlik bilan birga o'ynagan fransiyalik futbolchi PSJga o'tishi mumkin
Birlashgan Arab Amirliklarining «Al-Jazira» klubi xavbeki Lassana Diarra yana Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin.
Paris United nashri tarqatgan xabarga ko'ra 32 yoshli fransiyalik futbolchiga PSJ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu transfer yaqin vaqtlar ichida amalga oshirilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Diarra o'z vaqtida Maxachkalaning “Anji” klubida (2012-2013) hamyurtimiz Odil Ahmedov bilan, keyinroq esa Moskvaning “Lokomotiv” klubida (2013-2014) terma jamoamiz himoyachisi Vitaliy Denisov bilan birga to'p surgan. Ayni damda esa “Al-Jazira”da yana bir o'zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov bilan birga harakat qilib kelmoqda.

manba: sport.uz
Категория: Qiziqarli sport yangiliklari / futbol xabarlari | Просмотров: 971 | Добавил: G‘anisher | Теги: 3ta o'zbekistonlik bilan birga o'yn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar