15:45 1 fevraldan oziq-ovqat mahsulotlari importi bo`yicha imtiyozlar bekor qilinadi | |
2018 yil 1 fevraldan boshlab O`zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo`yicha ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bugun, 16 yanvar kuni imzolangan “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonida keltirilmoqda. Endilikda respublikaga oziq-ovqat tovarlarini kiritish bo`yicha ayrim xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarining qabul qilinishi taqiqlandi. Kimki ushbu talablarga bo`ysunmasa, jinoiy javobgarlikkacha bo`lgan javobgarlikka tortilishi belgilandi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |