15:30 1 apreldan gaz narxi oshadi | |
— 2018 yil 1 apreldan aholiga sotiladigan 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so`m, vodiy va Toshkent viloyatlarida 700 so`m, qolgan hududlarda 500 so`m etib belgilanadi. 2018 yil 1 avgustdan esa Respublikamizning barcha hududlarida suyultirilgan gaz aholiga 1 kilogramm uchun 800 so`mdan etkazib beriladi, – deydi "O`ztransgaz" AJ boshqarma boshlig`i Akmal Eshonqulov. Bu haqda Milliy matbuot markazida “O`ztransgaz” AJ tomonidan o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ishtirok etayotgan O`zA muxbiri xabar qildi. Eslatib o`tamiz ayni paytda 1 kilogramm suyultirilgan gaz narxi Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so`m, vodiy viloyatlarida 644,7 so`m, Toshkent viloyatida 606 so`m, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 450 so`m, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 372 so`m, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 327,6 so`m etib belgilangan. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |