17:16 1 apreldan benzin narxi ham oshadimi? | |
Joriy yilning 1 aprel sanasidan mamlakatimizda elektr energiyasi, tabiiy gazning narxi oshadi. Odamlar orasida bu sanadan benzin narxi ham qimmatlashishi mumkinligi haqidagi gaplar quloqqa chalinmoqda. O`zbekiston Milliy axborot agentligi bu masalaga oydinlik kirtish maqsadida “O`zneftmahsulot” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qildi. “O`zneftmahsulot” AJ matbuot xizmatining ma`lumot berishicha yaqin kelajakda yonilg`i moy mahsuloti narxi o`zgarmaydi. Shuningdek, yonilg`i narxi o`zgarishi nazarda tutilayotgani ham yo`q. Demak, havotirga o`rin yo`q, avtobenzin narxi oshmaydi. So`ngi bora O`zbekistonda 2017 yil 14-noyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 913-sonli qarori bilan 2017 yilning 15 noyabridan avtobenzin narxlari quyidagicha belgilangan. 1 litr Ai-80 markadagi avtobenzin uchun — 3800 so`m 1 litr Ai-91 avtobenzin uchun — 4300 so`m O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 fevraldagi 149-sonli qaroriga binoan joriy yilning 1 mart sanasidan 1 litr Diezel yonilg`isi narxi – 4600 so`m, 1 litr EKO rusumli Diezel yonilg`isi narxi– 4700 so`m etib belgilangan. O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha avtomobilga yoqilg`i quyish shoxobchalarida ushbu narxlarga amal qilinadi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |