10:26
18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi
Navro`z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko`rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo`lgan o`zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg`araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga asosan 2018 yil mart-aprel oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi.

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablag`lari O`zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda o`tkazilishi belgilandi.

Xayriya hasharidan tushgan mablag`lar kam ta`minlangan, boquvchisini yo`qotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi bo`lgan shaxslarga, yolg`iz qariyalarga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 656 | Добавил: Админ | Теги: 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar