00:27
16 martdan boshlab Tojikiston fuqarolari O`zbekistonga vizasiz kelishlari mumkin
14 mart kuni O`zbekiston tomoni ichki davlat proseduralarini yakunladi – Shavkat Mirziyoev 9 mart kuni Dushanbe shahrida imzolangan O`zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o`zaro kelib ketishlari to`g`risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Navro`z arafasida ikki mamlakat aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Tojikiston fuqarolariga ushbu Bitimni rasman kuchga kirishiga qadar vaqtinchalik qo`llash to`g`risida qaror qabul qilindi.

16 martdan e`tiboran Tojikiston fuqarolari amaldagi safar hujjatlari (diplomatik, xizmat va xorijga chiqish umumiy fuqarolik pasporti) bilan O`zbekiston hududida vizasiz (30 kungacha) bo`lishlari mumkin.

Bitimning kuchga kirish sanasi va O`zbekiston fuqarolarining Tojikistonda bo`lishiga nisbatan qo`llanishi to`g`risidagi ma`lumot qo`shimcha tarzda e`lon qilinadi, deyiladi xabarda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Просмотров: 644 | Добавил: Админ | Теги: 16 martdan boshlab Tojikiston fuqar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar