00:29 15 mart kuni yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin | |
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 15 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2, kunduzi 7-9 daraja iliq bo`ladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq, Xorazm viloyatida 3-8 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechasi yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin, kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 1-3 darajagacha sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1-6, kunduzi 7-12, Surxondaryo viloyatida kechasi 3-8, kunduzi 9-14 daraja iliq bo`ladi. Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 6-11 daraja iliq bo`ladi. Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |