15:46 15-16 aprel kunlari O`zbekiston hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda | |
O`zgidromet bergan ma`lumotga ko`ra, joriy yilning 15-16 aprel kunlari Turkmaniston Respublikasidan Povoljya orqali O`zbekiston Respublikasi hududiga nam va sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xabarida aytiladi. 17 aprel kuni nam va sovuq havo oqimining ta`siri respublika hududida saqlanib qoladi. 15-17 aprel kunlari respublikaning ko`plab hududlarida yomg`ir yog`ib, shamol tezligi 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha bo`lishi mumkin. Tog`li hududlarda esa kuchli yomg`ir, momaqaldiroq bo`lishi kuzatiladi. 15-16 aprel kunlari havo harorati kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`lishi kutilmoqda. 17 aprel kuni havo harorati pasayib, kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi. Manba: Darakchi.uz | |
|
Всего комментариев: 0 | |
| |