13:28
14 yil avvalgi shar`iy nikohni qonuniy rasmiylashtirmoqchiman...
14 yil avval ikkinchi marotaba turmushga chiqqan edim. Nikoh o`qilgan, ammo FHDYo bo`limida rasmiylashtirilmagan. Endi rasmiylashtirsa bo`ladimi?

T.Qo`chqorova, Jizzax viloyati, Zafarobod tumani

Inomjon QUDRATOV, Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari:

— Oila kodeksining 212-213-moddalariga muvofiq, nikoh tuzilganligini qayd etish joyi va vaqti Nikohni qayd etish nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nikohlanuvchilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh qayd etilishidan bir oy ilgari nikohga kirish to`g`risida ariza beradilar. Nikohga kirishni xohlovchilar ariza berish chog`ida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni, ilgari nikohda bo`lgan shaxslar esa, avvalgi nikoh tugatilganligi haqidagi hujjatlarni ham taqdim etishi lozim.

Yuqoridagilarga ko`ra, dastlabki nikohi bekor qilinganligi haqidagi hujjat bilan nikohlanuvchi shaxslardan birining yashash joyidagi FHDYo bo`limiga belgilangan tartibda nikohni qayd etish haqidagi ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Просмотров: 789 | Добавил: Admin | Теги: 14 yil avvalgi shariy nikohni qonun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar