01:30
14 yashar o‘smir 3 yoshli go‘dakni kir yuvish mashinasida “yuvib” qo‘ydi
Amerika politsiyachlari 14 yashar o‘smir (tergov manfaatlarini ko‘zlab jinoyatchining ismi va yashash manzili sir tutilyapti)ni qamoqqa olishdi. Ma’lum bo‘lishicha, u anchadan beri 3 yoshli qizaloqqa “enaga”lik qilib, pul topardi. Kecha ham navbatdagi maoshini olgach, qizaloq bilan uyda qoldi. Qizchaning onasi ish bilan shaharga ketgandi. O‘smir o‘tira-o‘tira, maoshni o‘rtoqlari bilan nishonlashni xohlab qoldi va darhol qo‘ng‘iroq qilib ularni “ziyofat”ga chorladi. Zum o‘tmay, dasturxon spirtli ichimlik va giyohvand moddalar bilan “bezatildi”. Baxtga qarshi qizaloq shu tobda injiqlik qila boshladi. Kayf-safosini buzganidan achchiqlangan o‘smir uni sira o‘ylab o‘tirmay, kir yuvish mashinasiga qamadi-yu, mashinani yoqib yubordi. Qizaloq qancha muddat kir yuvish mashinasida “yuvilgani” ma’lum emas. Onasi kelib bu voqeaga guvoh bo‘lgan-u, dahshatdan jon berayozgan.
Qizaloqni kir yuvish mashinasidan chiqarib olishganda, a’zoyi badani ko‘karib ketgandi.

Ayni kunda o‘smir ustidan tergov jarayoni davom etmoqda.
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Просмотров: 1062 | Добавил: Admin | Теги: 14 yashar o‘smir 3 yoshli go‘dakni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar