![]() Neyrobiolog Tara Svart nima uchun yosh o‘tgan sari aql teranligini yo‘qotib borishimiz va bu jarayonni qanday qilib ortga surish mumkinligi haqida o‘rtoqlashdi. Vaqt o‘tishi bilan miyada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? Qarish jarayoni miyaga o‘zining to‘xtatib bo‘lmas ta’sirini ko‘rsatadi va bizning qo‘limizdan hech ish kelmaydi, degan fikrda bo‘lsangiz ajab emas. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri. Ha, siz vaqtni orqaga qaytarib o‘z zakovatingiz va bilimingiz darajasini yuksaltira olmaysiz. Ammo katta yoshdagi aql teranligida insonning hayot tarzi ham o‘z ahamiyatini ko‘rsatmay qolmaydi. Va siz harakatni qaysi yoshda — 30 yoki 50 — boshlashingiz muhim emas. Vaqt o‘tishi bilan miyada toksinlar yig‘ila boradi — tau-oqsillari va beta-amiloid yog‘ qatlamlari. Ularning paydo bo‘lishi qarishning ilk bosqichlari va kognitiv (his qilish) funksiyalar susayishi bilan bog‘liqdir. Bu tabiiy jarayon hisoblansa-da, ko‘plab omillar vaziyatni kuchaytiradi va jadallashtiradi ... Читать дальше » |
![]() Odam salomatligi uchun eng zararli goʻsht — yaroqlilik muddati kattarogʻi, deydi ratsional ovqatlanish boʻyicha mutaxassis, shifokor-fizioterapevt Marina Vaulina “VM”ga bergan intervyusida. Uning soʻzlariga koʻra, isteʼmolchilar, xususan, import qilinuvchi goʻshtlarning “elita” navlaridan hushyor boʻlishlari lozim. — Yaroqlilik muddati qancha katta boʻlsa, ishlab chiqaruvchi mamlakat shuncha uzoqda joylashgan, transportda tashish uchun oʻshancha koʻp vaqt ketgan, mahsulotga shuncha koʻp keraksiz kimyoviy moddalar — konservantlar qoʻshilgan boʻladi. Gap shundaki, bunday mahsulot bir necha marotaba muzlatiladi va eritiladi. Buning tanaga hech qanday foydasi yoʻq, — deya taʼkidlaydi u. Shifokorlarning aytishicha, “delikates”ni yesa boʻladi, faqat meʼyorni unutmaslik kerak. Shuningdek, u goʻshtni koʻp qovurmaslikni, haddan tashqari koʻp yogʻ, tuz va ziravorlar qoʻshmaslikni hamda erigach muzlatkichda uzoq saqlamaslikni maslahat beradi. Va ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 05.10.2019
| Комментарии (0)
|
![]() Aksariyat aviakompaniyalar chipta xaridida bepul joy tanlashni taklif etishadi. Biroq parvoz qulayroq bo‘lishi uchun mutaxassis va sayohatchilarning tajribasini o‘rganib chiqish lozim, deb yozadi «Xabar.uz» nashri. Favqulodda chiqish eshigi yonidagi o‘rin Styuardessalar u yerga ayollar, bolalar va keksalarning o‘tirishini tavsiya qilmaydi. O‘zi ko‘pchilik bu joyni yaxshi deb o‘ylaydi. Chunki oldida oyoqlarni uzatish uchun bo‘sh joy bor. Ammo bu joydagi o‘rindiqning suyanchig‘i orqaga yotmaydi. Uning oldida o‘tirgan yo‘lovchi esa bunday imkoniyatga ega. Shunday ekan, favqulodda chiqish eshigi yonida o‘tirib qolgan odamning qulay parvoz qilish ehtimoli juda kam. Oxirgi qatordagi o‘rindiqlar Odatda oxirgi qatordagi o‘rindiqlarning suyanchig‘i ham orqaga yotmaydi. Chunki buning uchun orqada yetarlicha joy yo‘q. Aksincha, old tarafingizda o‘tirgan yo‘lovchilar sizga xalaqit berishadi. Ustiga-ustak, parvoz vaqtida hojatxonaga navbatda turgan odamlar no ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 05.10.2019
| Комментарии (0)
|
![]() Siz har kuni ishga borasiz va o‘z vazifangizni vijdonan to‘liq ado etasiz, ammo maoshingiz ko‘tarilmaydi, mansab pillapoyalaridan ildamlash ham negadir ortga surilmoqda. Balki hamma gap kognitiv tuzoqlardadir — mulohaza yuritishdagi vaziyatni adekvat baholashga va ishonchli qarorlar qabul qilishga xalaqit beruvchi xatoliklar. Aynan qaysi yanglishliklar sizning faoliyatingizga to‘sqinlik qilayotgani va ularni to‘g‘rilashga oid fikrlar bilan o‘rtoqlashamiz. 1. Harakatsizlikni noto‘g‘ri baholash XX asrning 90-yillari boshida olimlar qiziqarli tajriba o‘tkazishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini bemor taqdirini hal qiluvchi shifokor sifatida tasavvur qilishlari kerak edi. Ular oldida tanlov bor: 15 foiz holatda o‘limga olib boruvchi davolash kursini tashkil etish yoki hech qanday muolaja buyurmaslik, ammo bunda bemor hayotdan ko‘z yumish ehtimoli 20 foiz. Olimlarning fikricha, bunda o‘ylab ko‘radigan narsaning o‘zi yo‘q — davolashni tanlash kerak edi. Aynan shu ho ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 05.10.2019
| Комментарии (0)
|
![]() Taomnomada fruktoza yoki «mevadagi qand» ko‘p bo‘lishi jigarning yog‘ni yoqish qobiliyatini kamaytiradi. Taqqoslash uchun: shuncha miqdordagi glyukoza metabolizmga bunchalik ta’sir ko‘rsatmaydi, degan xulosaga kelishdi Joslin diabet markazi (Boston) tadqiqotchilari. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi. Demak, bir xil kaloriyaga ega bo‘lishiga qaramay, «diyetik» fruktoza salomatlikka glyukozadan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir o‘tkazar ekan-da. — Fruktoza jigarni yog‘ to‘plashga majburlaydi. U taomnomaga ko‘p miqdorda yog‘ qo‘shish kabi ta’sir ko‘rsatadi. Taomnomada glyukoza miqdori ko‘paysa, jigarga yog‘ni yoqishga yordam beradi va shunga ko‘ra sog‘lom metabolizmga erishiladi, — deya ta’kidlaydi tadqiqot yetakchisi, Garvard tibbiyot maktabi professori Ronald Kan. Hayvonlar ustida olib borilgan tadqiqotlar chog‘ida olimlar oltita turdagi parhezning metabolizmga ta’sirini taqqoslashdi: ko‘p miqdorda fruktoza va glyukoza, yog‘, shakar, kundalik taomnoma ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 05.10.2019
| Комментарии (0)
|
![]() Shvetsiyalik olimlar odamning kasbiy faoliyati bilan 2-tip diabet rivojlanishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Ekspertlar 1937 — 1979 yillar davomida dunyoga kelgan qariyb 4,5 million kishining salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib chiqishdi, deb yozadi «Xabar» nashri. Buni qarangki, kasb chindan ham mazkur xastalikning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatar ekan. Mana, masalan, kuchli jins vakillari orasida diabet asosan haydovchilar (8,8 foiz) va ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatuvchilar (7,7 foiz)da qayd etilgan. Eng kam dasturchilarda kuzatilgan (2,5 foiz). Ayollarga kelsak, ular uchun eng xavfli ish deb ishlab chiqarishda mehnat qilish topildi (6,4 foiz diabet holati). Bundan tashqari, xavfli guruhga oshpazlar (5,5 foiz) va farroshlar (5,1 foiz) ham kiritildi. Eng past ko‘rsatkich muhandislarda qayd etildi (1,2 foiz). Olimlarning fikricha, diabet xavfining yuqoriligi nobarqaror ish jadvali bilan bog‘liq. Uyquga to‘ ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 05.10.2019
| Комментарии (0)
|
![]() 1 Deraza oldidagi o'rindiq joy Oyna o'rindig'i, shubhasiz, eng qulaydir: sizda ajoyib manzaralar mavjud, bundan tashqari siz har doim devorga suyanishingiz mumkin va koridorda yurgan yo'lovchiga yoki ekipaj a'zolaridan biriga tegmaysiz. Ko'p odamlar derazadan tashqarida ochiladigan chiroyli manzara tufayli deraza kreslosini afzal ko'rishadi. Biroq, psixologlar bu tanlovni boshqacha talqin qilishadi. Shunday qilib, mutaxassislarning fikriga ko'ra, ushbu aniq joyni tanlagan odamlar, hatto idishni ichida ham o'zlarining shaxsiy makonlarini yaratishni xohlashadi. Shunday qilib, ular o'zlarini boshqa yo'lovchilardan ajralib turishlarini istashadi Bu joyni tanlagan odamlar hamma narsani nazorat ostiga olishni yaxshi ko'radilar, ular xudbin va hukmron bo'lib, osongina asabiylashadi. Ko'pgina hollarda, ular faqat o'ziga va juda kamdan-kam hollarda boshqalarga ishonishadi. Ularning ongidagi istaklari bu rahbar bo'lish istagi va yolg'izl ... Читать дальше » |
![]() G‘arbiy Sunning sakkizinchi imperatori «Choyning to‘liq tavsifi» nomli asarida choy damlashda qanday suvdan foydalanish kerakligi haqida yozib qoldirgan: toza, yengil, shirin va shaffof. Keyinchalik bu to‘rtta talabga beshinchisi ham qo‘shilgan — suv «tirik» bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga javob beradigan suvgina choyni to‘g‘ri damlashga imkon beradi. Qadimda yomg‘ir suvi eng shirin, tog‘ muzidan erigan suv esa eng toza hisoblangan. Turib qolgan emas, oqayotgan suv tirik sanaladi. Bugun filtr yordamida tozalangan vodoprovod suvi yoki tabiiy manbalardan olib qadoqlangan suv choy damlash uchun eng yaxshi suvdir. Turli navdagi choylarni damlash uchun har xil haroratdagi suv talab etiladi. Ko‘k choy — fermentlanmagan — choy 80S (eng qimmat navi) — 95S darajagacha qaynatib sovitilgan suvga damlanadi. «Ulun» choy navining mazasi to‘liq chiqishi uchun 90 — 100 S darajadagi suv quyiladi. Qizil choy 70 — 85 darajagacha qaynatib sovitilgan suvga damlanishi zarur. Qora ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 02.10.2019
| Комментарии (0)
|
![]() Mushak massasini oshirish, qonda qand miqdorini barqarorlashtirish orqali xushbichim bo‘lishga yordam beradigan ichimliklar mavjud. Ularni uxlashdan oldin muntazam ichib yursangiz, bir necha kilogramm ortiqcha vazndan qutulishingiz mumkin, deb yozadi «Xabar» nashri. Tuniga bir stakan iliq yoki xona haroratidagi sutni ichib yotish foydali. Ushbu ichimlik tarkibidagi triptofan va kalsiy yaxshi uxlashga yordam beradi. Ma’lumki, uyquga to‘ymaslik yog‘ to‘qimasi ortishiga olib keladi. Ustiga-ustak, sut oqsili mushak massasini mustahkamlaydi. Qomati raso bo‘lishga uyquga yotishdan oldin bir stakan uzum sharbati ichish ko‘maklashadi. O‘simlik mevasi tarkibida resveratrol bor. Ushbu tabiiy fitoaleksin oq yog‘ni qo‘ng‘ir yog‘ga aylantiradi: u esa quvvat olish uchun organizm tomonidan sarflanadi. Ortiqcha vaznga qarshi kurashishda yana bir ichimlik kefir hisoblanadi. Uning fermentlangan probiotiklari ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada h ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 01.10.2019
| Комментарии (0)
|
![]() 29 sentyabrda Butunjahon yurak kuni nishonlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-tomir kasalliklari butun dunyoda odamlar o‘limining asosiy sababi hisoblanadi. Parranda yoki baliq go‘shti foydasiga yog‘li go‘shtdan voz kechish, turshak, loviya va yong‘oqlar iste’mol qilish, shakar iste’molini cheklash yurak salomatligini saqlashga yordam beradi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining profilaktik tibbiyot tadqiqot markazi saytida ma’lum qilingan. “Muvozanatlashgan ovqatlanish – sog‘lom yurak tomon birinchi qadamdir, u insonni organizmning barcha tizimlari normal ishlashi va normal vaznni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan ta’minlaydi”, deyilgan maqolada. Taomlar tanlashda parranda, baliq go‘shti va dengiz mahsulotlariga afzallik berish va yog‘siz hamda shirin bo‘lmagan sut-qatiq mahsulotlarini tanlash lozim. Bundan tashqari, turshak, loviya, yong‘oqlar va kepakli non kabi k ... Читать дальше »
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar |
|
Дата: 01.10.2019
| Комментарии (0)
|