To'ylar bo'lsin muborak
To'ylar bo'lsin muborak Tabriklayin sizlarni Davramizning to'riga Taklif qilay qizlarni Qani kuyov jo'ralar Ayting qadax so'zlarni Davramizga chorlayman Eng qadrdon do'stlarni (Umringiz bahordek bo'lsinu xech yomg'iri bo'lmasin Yozdek issiq bo'lsinu Saratoni bo'lmasin Kuzdek to'kin bo'lsinu xech hazoni bo'lmasin Qishdek oppoq bo'lsinu qahratoni bo'lmasin) Amma tog'a xolalar Hammalari shod bugun Yurtimizda ko'p bo'lsin Shunday go'zal bahtli kun Bugun yangi hayotga Qadamlarni qo'yibsiz Shunday go'zal oqshomning Ko'rki bo'lib turibsiz Sizlarga baht tilayman Qutluq bo'lsin to'yingiz Shirin o'g'il qizlarga To'lib yursin uyingiz (Bahor ko'rkamligi subxidam tongi Beg'ubor qalbingiz hamrohi bo'lsin Quvonchlar tilayman yangidan yangi Dilingiz shodlikka orzuga to'lsin) Barcha orzularga yeting iloyim Armondan yiroqda bo'linglar doim Panohida asrasin qodir xudoyim Faqat shudir mening bir iltijoyim To'ylar bo'lsin muborak Tabriklayin sizlarni Davramizning to`riga Taklif qilay qizlarni | |
| |
Просмотров: 701 | | |
Всего комментариев: 0 | |