Bahor keldi, Kelmoqda Navro'z!
Avval yuragingga mo'ralaydi u,
So'ngra kurtaklarga o'rgatadi so'z.
Zaminning ko'zidan qochadi uyqu,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Qishning axvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to'kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Ona bag'ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanlig' g'am,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Yana ko'ngillardan rutubat ketdi,
Yana shulalardan qamashmoqda ko'z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, baxor keldi. Kelmoqda navro'z!
Категория: NAVRO'Z BAYRAMI UCHUN SHE'RLAR TABRIKLAR / 21-МАРТ НАВРУЗ УЧУН ТАБРИКЛАР | Добавил: Админ (15.03.2018)
Просмотров: 1908 | Теги: Kelmoqda Navro'z!, Bahor keldi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar