Yolg'on sevgi
Biz sevgini o'yin aylabon Qalbimizni etdikda ado. Boshimizga yog'dirdik balo. Bilmay qo'ydik qadamni xato. Garchi yurak ishqqa begona Edi lekin aldadik o'zni, Tanishishga sevgi baxona, Yolg'on dedik, dildagi so'zni. Javobiga ishq bizni o'yin Qildi hamon ko'zimizda yosh. Ko'ngil bog'lab tovladi bo'yin Raxm bilmas, bo'ldi bag'ritosh. Ko'ngillarni yaqin etdi-yu, Ayriliqni yiroq etmadi. Birga bo'lish endi imkonsiz, Xazilini davom etadi. Sababchi biz, gunoxkordur biz Qismatimiz shudir ming afsus Xazilimiz qilib ovora O'zimizni aldadi yo rab. Biz sevgini o'yin aylabon Qalbimizni etdikda ado. Maqsad ermak, qilgancha tomon, Bilmay qo'ydik qadamni xato... | |
| |
Просмотров: 516 | | |
Всего комментариев: 0 | |