Sog'inib charchadim
Sog'inib-sog'inib charchadim oxir,
Izlay-izlay topmadim baribir.
Lek dunyoda nimamdir kamdir,
Sog'inib-sog'inib yashadim axir.

Uchgim kelar xar on sen tomon,
Yo‘llarimni to‘sadi g'ovlar.
Kimdir xavas, kimdir xasad-la boqar
Sog'inib-sog'inib yashadim axir.

Ko‘zlarimdan tommasa yoshlar,
Pok sevgiga egilmasa boshlar,
Muxabbat yurakda g'alayon boshlar,
Sog'inib-sog'inib yashadim axir.

Sog'inch - go‘yo xavo, simiraman yutoqib,
Xar laxzada seni o‘ylab qo‘yayapman yo‘qotib.
Magar kelsang balki olarman topib,
Sog'inib-sog'inib yashadim axir.

Xamon o‘sha, mening oppoq orzularim,
Xamon o‘sha, sening tongdek kulgularing.
Xamon o‘sha, sening, mening tuyg'ularim,
Sog'inchli sevgidan ketarsan yonib...
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека | Добавил: Admin (26.09.2019)
Просмотров: 1004 | Теги: Sog'inib charchadim | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar