Nega sevaveraman
Yillar o'tib oradan
Yana seni uchratdim
Chiqargandim yodimdan
Yana qalbim yig'latdim

Yoningda begona bor
O'tayapsan yonimdan
Bu sevgining azobi
O'tib ketdi jonimdan

Nega seni unutganda
Yana ko'raveraman
Mendan ketgan bo'lsang ham
Nega sevaveraman

Bedor o'tar yana tun
Shunday bo'ladi har kun
Armon qolgan yurakda
Seni sevganim uchun

Mehrim senga kammidi
Tanlading begonani
Oh bunchalar qiynading
Oshiq shoir bolani

Nega seni unutganda
Yana ko'raveraman
Mendan ketgan bo'lsang ham
Nega sevaveraman
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека | Добавил: Admin (26.09.2019)
Просмотров: 610 | Теги: Nega sevaveraman | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar