Bizni taqdir birlashtirsin
O'zgalar ne desa derlar,
Kim kelajak g'amin yerlar.
Otang ko'ngli boyni derlar,
Bizni taqdir birlashtirsin.

Urunsam xam befoydadur,
Lekin ko'nglim bir sandadur.
Oshig'ing ojiz bandadur,
Bizni taqdir birlashtirsin.

Chin oshiqlarga baxtga yetar,
Matonatli sabr etar,
Xudo baxtli juftlik etar,
Bizni taqdir birlashtirsin.

Erkam sira to'kma ko'z yosh,
Zulmat uzra porlar quyosh.
Go'zal sabr, faqat bardosh,
Bizni taqdir birlashtirsin.

Xudoyberdi To'ychiyev
Категория: SEVGI HAQIDA SHERLAR / СМС о любви для любимого человека | Добавил: Admin (17.09.2019)
Просмотров: 525 | Теги: Bizni taqdir birlashtirsin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar